OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Abdulhamid Cho'lpon. «Uzun quloq bobo» to’g’risida (1923)

BOSHQARMAG’A XAT
 
«UZUN QULOQ BOBO» TO’G’RISIDA

Mening «Uzun quloq bobo» nomliq 2 pardalik kulgi asarimni oqqa ko‘churub o‘zbek truppasiga topshirmoq sharti bilan mazkur truppaning eng muqtadir bir artisti olg‘on edi. Hozir shul asarning mazkur artist qo‘lida borlig‘i shubhalik bo‘lub qoldi. Eshitganimga ko‘ra, bechora asarim Samarqand san’at havaskorlariga «tortuq» qilinib, berib yuborilg‘on emish. Shuning uchun gazeta orqali eshitdirmakchi bo‘lamankim, butun haq va huquq o‘zimda bo‘lg‘on ul asar qayda bo‘lsa ham bosdirilsa yoki sahnaga qo‘yulsa, shunga aloqalik kishilarni hukmga tortg‘umdir.

________________
Boshqarmaga xat («Uzunquloq bobo» to‘g‘risida) — Cho‘lponning «Turkiston» gazetasi tahririyatiga yo‘llagan mazkur - xati 1923 yil 18 fevralda e’lon qilingan. Ma’lumki, Cho‘lponning dramatik asarlari salmog‘i o‘nga yaqin bo‘lgani holda, bizgacha birgina «Yorqinoy»ning matni, «Hujum» (V. Yan bilan hamkorilkda) ning rejissurasigina yetib kelgan. Mazkur xat Cho‘lponning bizga ma’lum bo‘lmagan p’esasi haqida xabar beribgina qolmasdan, uning yo‘qolish sabablarini ham birmuncha oydinlashtiradi.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.