Jahonga mashhur bo‘lgan adiblar orasida ulug‘ rus yozuvchisi Lev Nikolaevich Tolstoy alohida o‘rin tutadi. Tolstoy kishi ruhining eng nozik sezimlarini chuqur his eta olgan, insonning murakkab ichki kechinmalarini mohirlik bilan tushuna olgan, zamonasining eng to‘lqinlantiruvchi masalalariga qizg‘in munosabatda bo‘lgan, ijtimoiy tengsizlikka qarshi la’nat bildirgan buyuk siymodir. Tolstoy o‘z asarlarida keng xalq ommasining ruhiy kayfiyatini ulkan san’atkorga xos sezgirlik va talant bilan ifodaladi. Uning «Urush va tinchlik», «Tirilish» kabi romanlari, «Hojimurod» povesti, «Bolalik», «O‘smirlik», «Yoshlik» avtobiografik trilogiyasi va boshqa juda ko‘p asarlari million-million o‘quvchilarning sevimli kitobi bo‘lib qoldi.
Tolstoy ijodida Rossiya hayotining turli tomonlari o‘zining badiiy ifodasini topgan.
O‘zbek kitobxonlari Lev Tolstoy asarlari bilan O‘rta Osiyo Rossiyaga qo‘shilgandan so‘ng tanisha boshlaganlar. Turkistonning Rossiyaga qo‘shilishi, mahalliy xalqlar hayotida katta progressiv ahamiyatga ega bo‘lib, ular revolyutsiya sari borayotgan ulug‘ rus xalqining taqdiri bilan yaqindan bog‘landilar.
Toshkentda chiqa boshlagan «Turkiston viloyatining gazeti» umumiy yo‘nalishi bilan hukmron snnf manfaatlarini ifodalasa ham, uning sahifalarida gazetxonlarni rus hayoti, adabiyoti, fani va texnikasi bilgn tanishtiruvchi materiallar ham bosilib turdi. Gazeta materilllarida rus tili va madaniyatini o‘rganishga chaqirib, rus adabiyoti klassiklari asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilishga da’vat etuvchi o‘rinlar ham mavjud edi.
Turkiston ziyolilarining peshqadamlari o‘rtasida rus adabiyoti va madaniyatini o‘rganishga qiziqish tobora ortib bordi. 80-yillardayoq rus yozuvchilarikiig ba’zi asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilindi. «Turkiston viloyatining gazeti» sahifalarida A. S. Pushkinning ayrim she’rlari, L. N. Tolstoyning ba’zi hikoyalari, I. A. Krilovning masallari bosildi.
Lev Tolstoyning «Odamlar nima bilan tirik» hikoyasi shu gazetaning 1887 yilgi bir necha sonida bosildi. Bu asarni gazeta redaktori N. P. Ostroumov o‘zbek tiliga tarjima qilgan edi. Tolstoyning bu hikoyasi shu yilning o‘zida alohida kitob qilib ham nashr etilgan.
«Turkiston viloyatining gazeti»ning 1899 yilgi sonlarining birida Lev Tolstoy haqida maqola bosiladi. Unda ulug‘ yozuvchining hayoti va ijodi bilan gazetxonlar ma’lum darajada tanishtiriladi. Maqola avtori Tolstoyni «Rossiya mamlakatining mashhur yozuvchisi», deb ta’kidlab, uning asarlari juda ko‘p Yevropa tillariga tarjima qilinganligidan xabar beradi.
1902 yilda «Turkiston viloyatining gazeti»da Tolstoyning «Xudo haqiqatni ko‘rsa ham, tezroq ayta qolmaydi» degan hikoyasi bosiladi. Diniy-axloqiy xarakterdagi bu hikoyani tarjima qilishdan maqsad, mahalliy din arboblarining xalq orasida va’z aytganlarida bunday asarlardan foydalanishlarini ko‘zda tutmoq edi. Lekin ularda tarjima texnikasiga oid anchagina nuqsonlar bo‘lgan. Shunday bo‘lsa ham, revolyutsiyadan oldingi davrda Tolstoy asarlarining o‘zbek tiliga tarjima qilinishi mahalliy kitobxonlarning buyuk san’atkor ijodi bilan tanishishida ma’lum ahamiyatga ega bo‘ldi.
Ulug‘ rus yozuvchisi Lev Tolstoyning mashhur asarlari Oktyabr revolyutsiyasidan so‘nggina keng kitobxonlar mulkiga aylandi. SSSRdagi barcha qardosh xalqlar qatorida o‘zbek xalqi ham Tolstoydek yirik so‘z san’atkorining ijodidan bahramand bo‘ldi. O‘zbekistonda 20-yillardayoq Tolstoyning «Kavkaz asiri», «Fransuaza» asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilinib, «Yer yuzi» jurnalida bosildi. Samarqandda chiqadigan «Alanga» jurnalida esa «Tirilish» romanidan parcha berildi. So‘ngra yozuvchining «Baldan so‘ng», «Alyosha Gorshok» va «Xodinka» hikoyalari o‘zbek tilida bosilib chiqdi.
Lev Nikolaevich Tolstoyning yirik proza asarlari 30-yillardan boshlab o‘zbek tiliga tarjima qilina boshladi. «Tirilish» romani 1933—34 yillarda Mirzakalon Ismoiliy tomonidan tarjima qilindi. Hozirda u «Anna Karenina» romani tarjimasini tugallash arafasida turibdi.
1947 yilda «Urush va tinchlik» epopeyasining birinchi tomi Abdulla Qahhor tarjimasida bosib chiqarildi. Abdulla Qahhor epopeyaning ikkinchi kitobini Kibriyo bilan hamkorlikda tarjima qildi. Hozirda bu ikov «Urush va tinchlik» epopeyasining uchinchi kitobining tarjimasi ustida ishlamoqda.
Lev Tolstoy asarlari bilan o‘zbek kitobxonlarini tanishtirishda shoir Uyg‘un, tarjimon Xolida Ahrorova va boshqalar ham samarali mehnat qildilar. Hozirgi kunda Tolstoyning «Hojimurod» povesti, «Sevastopol hikoyalari», «Bolalik», «O‘smirlik», «Yoshlik» avtobiografik trilogiyasi, «Kazaklar» povesti, «Uch o‘lim», «Xo‘jayin va xizmatkor» va boshqa juda ko‘p hikoyalari o‘zbek kitobxonlarining sevimli asarlariga aylandi.
Tolstoyning bolalarga bag‘ishlab yozgan asarlari ham kichkintoylarimizga ma’naviy oziq bo‘lmoqda. Uning «Jonivorlar haqida hikoyalar» to‘plami 1936 yildayoq bosilib chiqdi. Keyingi yillarda «Ikki o‘rtoq», «Sakrash», «Akula», «Burgut», «Bo‘ri bilan it» va boshqa ko‘pgina hikoyalari qayta-qayta nashr qilindi.
Lev Tolstoyning ijodi O‘zbekiston teatr san’atiniig ravnaqiga ham samarali ta’sir ko‘rsatdi. Uning «Tirik murda» va «Zulmat hokimligi» kabi dramalari o‘zbek tiliga tarjima qilindi. «Urush va tinchlik» va «Anna Karenina» asarlari asosida ishlangan insenirovka rus teatrlari tomonidan respublikamiz tomoshabinlarpga ko‘rsatilmoqda.
O‘zbek yozuvchilari Tolstoy, Pushkin, Lermontov va boshqa rus adabiyoti asarlarining o‘zbek tiliga tarjima qilish jarayoiida ulardan juda ko‘p narsalarni o‘rgandilar. Rus klassik yozuvchilarining ijodi o‘zbek sovet yozuvchilari uchun badiiy mahoratni egallashda katta maktab bo‘ldi. Abdulla Qahhor va Mirzakalon Ismoiliy o‘z tarjimonlik faoliyatlarida ulug‘ san’atkorning ijodiy tajribasini o‘zlashtirish bilan birga o‘zlari ham yirik prozaik asarlar yaratdilar. Abdulla Qahhorning «Qo‘shchinor chiroqlari», «Sinchalak» va Mirzakalon Ismoiliyning «Farg‘ona tong otguncha» asarlari buning yaqqol dalilidir. O‘zbek prozasining yirik janrlar hisobiga rivojlanishida Lev Tolstoy traditsiyalarinipg ta’si-ri ko‘zga tashlanib turadi.
Lev Nikolaevich Tolstoyning so‘nmas dahosi V. I. Leninni hamisha hayratga solar edi. V. I. Lenin bu mutafakkir adibning favqulodda iste’dodiga katta hurmat bilan qarar edi, M. Gorkiyning xotirlashiga ko‘ra, «Urush va tinchlik» romanining o‘tli sahifalaridan benihoya ta’sirlangan Lenin L. N. Tolstoy to‘g‘risida bunday degan edi: «Qanday zot-a? Qanday tug‘ma inson. Mana buni san’atkor deydilar... Yana, bilasizmi, kishini nima hayratga soladi? Adabiyotda shu grafga qadar chinakam san’atkordan asar ham yo‘q edi. Yevropadagi qaysi yozuvchini u bilan yonma-yon qo‘yish mumkin?.. Hech kimni».
Jahon adabiyotida Tolstoy bilan bellashadigan biron buyuk san’atkorni topish chindan ham amri mahol. Uning katta mahorat bilan yaratilgan asarlari garchi kechmishning adabiy merosini tashkil etsa ham, ular o‘z mohiyatlari bilan kelajagimiz uchun yot bo‘lolmaydi. Uning asarlari kelajakka ham mansub.
L. N. Tolstoy ana shu tarzda, favqulodda iste’dod egasi, ustod va dohiy adib sifatida o‘zbek xalqining orasiga, o‘zbek adabiyotiga kirib keldi. O‘zbek prozasining taraqqiyot yo‘lini — uning shakllanishi va ravnaqini rus klassik adabiyotining buyuk namoyandalari qatorida Tolstoy asarlarining ta’sirisiz, Tolstoy prozasining eng ilg‘or va eng yuksak traditsiyalarisiz tasavvur etish mumkin emas. Tolstoyning mohir qalamiga mansub bo‘lgan jahon madaniyati xazinasining eng asl durdonalari barcha o‘zbek yozuvchilari uchun chinakam mahorat maktabi bo‘lib keldi. Sadriddin Ayniy va Abdulla Qodiriy, Oybek va Sharof Rashidov, Abdulla Qahhor va Yashin singari yirik so‘z ustalarimizning iste’dodi, ularning yozuvchilik mahoratlari ana shu maktabda shakllandi.
Tolstoy o‘z davrining tarixiy-badiiy obidasini yaratdi. Uning asarlarida katta san’at bilan tasvirlangan kishilar — jonli, hayotiy, doimo harakatchandir. Biz ularning barcha qirralarini — har tomonlamaliklarini, chunonchi — oliy tuyg‘ulari bilan birga tuban niyatlari, ezgu intilishlari bilan birga xunuk xatti-harakatlarini ko‘ramiz. Ularning kulgulari, quvonchlari, ko‘z yoshlari va og‘ir kechinmalarining guvohi bo‘lamiz. Ko‘zimiz oldida dard chekayotgan kishiga qayg‘udosh bo‘lgandek, bu kishilarning ko‘z yoshini ko‘rib, astoydil ezilamiz, ularning kulgisiga va quvonchiga sherik bo‘lamiz.
Tolstoyning inson obrazini shu qadar mohirlik bilan chizishi uning badiiy mahoratiga mansub bo‘lgan muhim xususiyatlaridan biridir. O‘zbek yozuvchilarining Tolstoy ijodiy merosiga takror va takror murojaat etishining boisi ham shunda.
Yozuvchi Abdulla Qahhorning ijodiy biografiyasida L. N. Tolstoyning roli benihoya katta bo‘ldi. U Tolstoy asarlarini tinmay o‘rgandi, uning xarakter yaratish masalalari bilan bog‘laagan xususiyatlarini, ijodiy uslubini egallashga intildi. «Buning natijasi juda tez ko‘rindi, — deydi Abdulla Qahhor, — shundan keyin yozgan hikoyalarim oldingi yezgan hikoyalarimdan juda katta farq qilib, tanqidning bahosiga ko‘ra, bu hikoyalarda «yorqin chizilgan obrazlar» paydo bo‘ldi».
Bu Tolstoyning o‘zbek adabiyotining ravnaqiga ko‘rsatgan samarali ta’siri to‘g‘risida o‘zbek adiblarining Abdulla Qahhor tili bnlan aytgan so‘zlari. Chindan ham biz — o‘zbek yozuvchilari Tolstoy dahosi oldida minnatdormiz.
Tolstoyning qanday qilib o‘quvchini qahramonlarning ichki dunyosiga bevosita olib kirishini hamda hayotni tasvirlashga qaratilgan asosiy priyomlarini o‘rganish o‘zbek yozuvchilarining hayotning haqqoniy ifodasini yaratuvchi asarlar vujudga keltirishlariga yordam berdi.
Lev Tolstoy barcha jahon yozuvchilari uchun adabiy maktabdir. Bizning adabiyotimiz ijod sirlarini, mahorat kalitini, yangi kishining siymosini yaratish uchun kirishar ekan, lozim bo‘lgan mahoratni shu maktabdan oladi.
Tolstoy hech qachon qarimaydi. U shunday dohiy san’atkorlardanki, uning har bir so‘zi biz uchun o‘gitdir. Uning ijodi xuddi bir chashma. U har doim mavj uradi. Biz bu chashmaga tez-tez, takror va takror murojaat etamiz. Go‘yo, vazarimizda, shu chashmaning suvidek zumrad va musaffo obi hayot yo‘qdek.
“O‘zbekiston madaniyati”, 1960 yil 19 noyabr