OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Hamid Olimjon. «Farhod va Shirin» (1939)

«Farhod va Shirii» dostoni Alishsr Navoiyning mashhur «Xamsa»siga kirgan bssh dostonning biridir. Ulug‘ shoirning eng zo‘r asarlaridap hisoblangan «Hayratul-abror», «Layli va Majnun», «Sab’ayi Sayyor» va «Saddi Iskandar» dostonlari orasida «Farhod va Shirin» alohida o‘rin tutadi. «Farhod va Shirin» Navoiy bundan besh asr burun yaratib qoldirgan buyuk dostonlarining eng zo‘ridir.

Yigit Farhod va qiz Shirin to‘g‘risidagi afsona asrlar bo‘yicha yashab kelmoqda. Go‘zal xalq afsonasiga aylanib ketgan bu hikoya aslda, tarixiy faktlar asosida yuzaga kelgan bo‘lib, «Xisrav va Shirin» nomi bilan shuhrat topgandir. Tarix kitoblarida shunday ma’lumotlar bor: Xisrav Eronning Sosoniy hukmdorlaridan bo‘lgan mashhur No‘shirvonning nabirasidir. Xisrav milodi VII asrda Eron shohi ekan. Muhammad payg‘ambar qo‘shni hukmdorlarga xatlar yuborib, musulmonlikni qabul qilishga chaqirganda ana shu Xisrav Parvezga xat yuborgan ekan. Tarixchilar, Xisrav Parvez Muhammad payg‘ambarning bu xatini yirtib tashlagan edi, deb yozadilar. «Xisrav va Shirin» haqidagi doston esa VII—X asrlar o‘rtasida yaratilgandir.
Xisrav va Shirin haqida birinchi martaba doston yozgan kishi X asrda yashagan buyuk shoir Abulqosim Firdavsiydir. Lekin dostonning bizda mashhur bo‘lgan eng sevimli qahramoni Farhod haqida Firdavsiy hech narsa bilmaydi. Eron shohi Xisrav ovda yurib Shirinni ko‘rib qoladi, sevadi va uylanmoqchi bo‘ladi. Lekin Shirin podsholar naslidan emas edi. Shuning uchun Xisrav atrofidagi kishilar shohning unga uylanishiga qarshi turadilar. Xisrav yurt kattalarining majlisini chaqirib, ularni ko‘ndiradi va Shiringa uylanadi. Xisravning avvalgi xotini Maryamdan bo‘lgan o‘g‘il Shiruya o‘z otasi Xisravni o‘ldirib, Eron shohligini o‘z qo‘liga oladi va Shirinni xotin qilmoqchi bo‘ladi. Shirin esa Xisrav qabrida zahar ichib o‘ladi. Firdavsiyning dostonida Farhod bo‘lmagani kabi Shopur ham yo‘qdir.
Firdavsiydan so‘ng, undan ikki yuz yil keyin XII asrda yashagan mashhur Ozarbayjon shoiri Nizomiy Xisrav va Shirin to‘g‘risidagi hikoyani yangidan ishlab, zo‘r bir doston yaratgandir. «Xisrav va Shirin» dostoni Nizomiy «Xamsa» sidagi dostoplarning biridir. Nizomiyning bu go‘zal dostonida qahramonlar yana Xisrav bilan Shirindir. Farhod obrazi ikkinchi darajadagi bir o‘rinda turadi. Shopur obrazi esa bir usta rassom va hiylakor sayyoh sifatida bo‘lib, Xisravning suhbatdoshidir.
Armanning go‘zal qizi Shirin haqidagi xabarni ham Xisravga Shopur yetkizadi va ming xil yo‘llar bilan Shirinni Xisravga ko‘ngil qo‘ydiradi. Xisrav otasi bilan urishib, Madoyindan qochib Armanga boradi. Mahin Bonuga sig‘inadi. Shirin esa Madoyindagi Eron shohiga sig‘inadi. Shopur kelib Shiringa Xisravning Armanga borganini eshitdiradi. Shirin Armanga qaytadi. Xisrav esa otasining o‘ldirilganini eshitib Eronga qaytadi va Madoyinda taxtga o‘tiradi. Xisrav bilan Shirin yana uchrashaolmaydilar. Madoyinda isyon ko‘tariladi, Xisrav yana yengiladi, so‘ngra Erondan chiqib avval Ozarbayjonga va undan keyin Armanistonga — Mahin Bonu huzuriga boradi, Shirin bilan ko‘rishadi.
Shirin yengilgan shohni xohlamaydi, Xisrav Rumga borib, unda Rumo imperatorining qizi Maryamga uylanadi. Rumdan katta qo‘shin bilan Eronga keladi, o‘z dushmani bo‘lgan Bahrom Cho‘binni taxtdan ag‘daradi. Shirin esa Xisrav o‘z dushmanini yenggandan so‘ng, unga xotin bo‘lishga va’da bergan edi.
Bu vaqt Mahin Bonu o‘lgan. Armanda Shirin qolgan edi. U Armandan chiqib Madoyinga keladi va o‘z qasriga tushadi. Xisravning xotini Maryam ularning qovishmoqlariga moni’ bo‘ladi. Shundan so‘nggina voqiaga Farhod aralashadi. Farhod — Xitoy emas, balki Xitoyga borib Shopur bilan o‘qib kelgan bilimdon, usta yigitdir. U Shiringa bir sut kanali qaziydi, va shundan keyin Xisrav bilan uchrashadi. Xisrav Farhoddan xavfsiray boshlaydi, u, «Bestun tog‘idan mening qo‘shinim o‘tadigan bir yo‘l qazib bsrsang, shunda Shirinni olasan» deydi. Farhod ishga kirishadi va kundan-kun bu ishda zo‘r mu’jizalar ko‘rsata boshlaydi. Farhodga bunday bajarib bo‘lmas zo‘r ishni topshirib, uni ovora, sarson qilishni ko‘zlagan Xisrav, uning muvaffaqiyatlari oldida talvasaga tushadi, hiylagar kampir vositasi-la uni o‘ldiradi.
Farhodning voqiaga bo‘lgan qatnashi shu yerda bitadi. Doston davom qiladi, Xisrav endi Shakar degan bir qizni sevib qolib, unga uylanadi va undan so‘nggina Shirinni xotinlikka oladi. Firdavsiyda bo‘lganidek, Shiruya o‘z otasi Xisravni o‘ldiradi va Shiringa uylanmoqchi bo‘ladi. Shirin Xisrav o‘ligi ustida o‘zini pichoqlab o‘ldiradi, voqia tugaydi.
Nizomiy dostoni zo‘r muvaffaqiyat qozonadi. Bu dostonga yuzlarcha taqlidchilar maydonga keladilar. O’z kuchini sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan harbir shoir «Xisrav va Shirin» yozadi. Lekin hechbiri ham she’rning buyuk ustasi bo‘lgan Nizomiyga yetishaolmaydi.
Nizomiydan keyin «Xisrav va Shirin» dostonini yozib zo‘r g‘alaba qozongan shoir XIV asrda yashagan Amir Xisrav Dehlaviydir. Amir Xisrav o‘z dostonida Nizomiy dostonidagi voqialarni to‘la olgan, syujetini butunlay saqlagan va Nizomiyda hikoya nima bilan boshlanib, nima bilan bitsa, u ham xuddi shunday qilgan. Xisrav, Shirin va Farhod haqidagi go‘zal hikoya Sharqdagi butun zo‘r ijodichilarning fikr uyasini qo‘zg‘oshdan sira to‘xtamas edi. Firdavsiydan besh asr, Nizomiydan uch asr va Amir Xisrav Dehlaviydan bir asr keyin, bu go‘zal mavzu’ga bizning buyuk Alisherimiz qaytdi. U o‘zbek tilida, endi «Farhod va Shirin» nomi bilan tamom yangi va o‘lmas bir asar yaratib qoldirdi.
Navoiy «Xamsa»ni va xususan «Farhod va Shirin»ni yozishga kirishar ekan, o‘z qarshisida Nizomiy va Dehlaviy singari ijod azamatlari turganini bilar, bu to‘g‘rida o‘ziga aniq hisob berar, ular ko‘tarilib chiqqan balandlikka chiqish va ularga teng asar yaratish oson emasligini juda aniq onglar edi:

Emas oson bu maydon ichra turmoq,
Nizomiy panjasiga panja urmoq.

Navoiy Nizomiyni bir arslon sifatida tushunadi va arslonga barovar kelmoq uchun urush arsloni bo‘lish va hech bo‘lmaganda yo‘lbars bo‘lish kerakligini aytadi:

Kerak sher olida ham sher janggi,
Agar sher o‘lmasa bori palangga

Navoiy o‘tgan zo‘r ijodiy yo‘lni va u yaratib qoldirgan o‘lmas asarlarni hisobga olib aytish mumkinki, Navoiy o‘z xalqining Nizomiy darajasidagi zo‘r urush arsloni bo‘lib yetishdi. Shuning uchun ham Nizomiy yoki Amir Xisrav Dehlaviyning taqlidchisi bo‘lmadi. O’z xalqi uchun uning o‘z ona tilida go‘zal badiiy asarlar yaratish vazifasini eng birinchi marta o‘z oldiga qo‘ygan buyuk shoir zamonasining shoh asarlarini yaratib qoldirgan Nizomiy va Dehlaviylarning yozganlarini tanqid ko‘zidan kechirib chiqishga, ular yaratib qoldirgan badiiy boylikni yangidan baholashga majbur bo‘ldi. Natijada Nizomiy va Dehlaviyda bosh qahramon bo‘lgan Xisrav ikkinchi o‘ringa tushdi. Xisrav, Nizomiy va Dehlaviyda musbat obraz edi. Navoiyda manfiy obraz sifatida tasvirlandi. Navoiy Xisravni yomon ko‘rdi. Xisrav hiyla bilan Farhodni o‘ldirgan, gunohsiz bir insonni behudaga zulm bilan halok qilgan kishi deb qaradi. Xisrav chinakam odamgarchilikdan mahrum bo‘lgan bir shoh, uning ishqida odamgarchilik yo‘q dsb topdi. U bugun Maryamga, ertasi Shakarga va indin Shiringa oshiq bo‘ladi, uning muhabbatida qaror va vafo yo‘q deb bildi. Xisrav ishq yo‘lida vafo va sadoqat o‘rniga hukmdorlikdan foydalanadi, adolatni yerga uradi deb qaradi va shunday bir shohga maddoh bo‘lib qoldilar, uni ko‘klarga ko‘tarib maxtadilar, deb Nizomiy va Dehlaviylarni tanqid qildi:

Vale chekkanlar ushbu jomdin roh,
Sarosar bo‘ldilar Xisravga maddoh:

Ki mulki mundog‘u oyini mundoq,
Sipohi andog‘u tamkini mundoq.

Gahi shabdiz olam gardidin deb,
Zamoni ganj bod ovardidin deb,

Nashoti bazmida xonlar murassa’,
Ne xonlar, qasru ayvonlar murassa’,

Ichib gah Borbad lahni bila may,
Gahi Shopur doston deb payopay.

Buzurg ummid hikmat jo‘yi oning,
Ne hikmat jo‘ hushomad go‘yi oning.

Topib gah Maryam og‘ushida orom,
Shakar halvosidin gohi topib kom.

Bo‘lub Shiringa oshiq podshohvor,
Ki ul mahbub o‘lub, gohi parastor.

Yaqindurkim bu shohi noz parvard,
Erur dardu balo oyinidin fard.

Aroda deb bir-ikki doston ham,
Yana Farhoddin aytib nishon ham.

Ki bir xoroshgonu ko‘hsori,
Bo‘lub Shirin g‘amidin beqarori,

Necha kun vasl uchun aylab taku-dav,
Ani ham o‘lturub tosh ichra Xisrav.

Agarcha kilki naqsh aylab nigorish,
Topibdur doston mundoq guzorish,

Vale nazmida har ustod mohir,
Chekibdur ancha qimmatlik javohir.

Ki darkidin erur aidisha hayron,
Havosi aqlu hikmat pesha hayron.

Alar nazmining olida meni zor,
Chu fahm etdimki ko‘rgumdir ko‘p ozor.

Zaruratkim solib bir o‘zgacha tarh,
Bu mehnatnomani qilg‘umdurur sharh.

Shuning uchun ham «Xisrav va Shirin» dostonining she’riy san’atiga bu ikki buyuk shoirning ko‘p qimmatlik javharlari to‘kilgan bo‘lishiga qaramasdan, Navoiy uni ma’nan jiddiy ravishda qaytadan ishlab chiqishga va uning mazmuniga chuqur o‘zgarishlar kirgizishga, podsho Xisrav o‘rniga faqyr Farhodni ko‘tarishga zarurat sezadi va o‘zining buyuk mehnatnomasini yaratadi. Uning nomini «Xisrav va Shirin» emas, balki «Farhod va Shirin» deb qo‘yadi. Zolim, inson erkini toptovchi hukmdor Xisrav o‘ziiiig butun mohiyati bilan adolatparast, erkparvar va vafodor Farhodga qarshi qo‘yiladi.
Shunday qilib Navoiy dostonida bosh qahramon Farhod bo‘lib, Xisrav ikkinchi o‘ringa ko‘chirilgan, tamom yangi manfiy mohiyat bilan tasvirlangan va hikoyaga dostonning o‘rtalarida kelib aralashadi. Farhod makrli yo‘llar bilan o‘ldirilgandan so‘ng Mahin Bonu noiloj Xisravga taslim bo‘ladi. Shiruya o‘z otasi Xisravni o‘ldiradi va Shirinni o‘zi olmoqqa urinadi, lekin vafodor Shirin sahroda o‘lgan Farhodning suyaklarini topdirib ko‘mdiradi va o‘zi ham uning jasadi yonida jon beradi. Bu qayg‘udan Mahin Bonu ham o‘ladi.
Farhodning otasi Hoqon pa onasi undan uzoq zamon xabar bo‘lmagach intizorlik bilan o‘lib ketadilar. Farhodning do‘sti, Hoqon nazirining o‘g‘li Bahrom qo‘shin tortib, Farhodni istab Armanistonga keladi va voqiani onglaydi. Shundan so‘ng Arman o‘lkasini uning o‘z xalqiga topshirib, vataniga jo‘nashga majbur bo‘ladi. Bahrom Armanistonda tinchlik va adolat o‘rnatadi.
Shulardan Navoiyning o‘z buyuk ijodiy hamkorlari yaratgan syujet to‘qimasiga jiddiy o‘zgarishlar kirgizgani va dostonni mazmun jihatidan yana ham chuqurlashtirgani va bunda zo‘r muvaffaqiyat qozongani aniq ko‘rinib turadi. Navoiydan so‘ng o‘tgan keyingi besh yuz yil ichida yuzlarcha shoirlar «Farhod va Shirin» yozdilar. Lekin ularning hechbiri buyuk Alisher yaratgan doston darajasiga ko‘tarila olmadi. Buyuk shoir o‘zigacha bo‘lgan badiiy merosni chuqur va har taraflama o‘rgangan, zarur bo‘lgan o‘zgarishlarni kirgizish bilan uni tamom yangi fikriy va badiiy yuksaklikka ko‘taraolganki, undan so‘ng maydonga chiqqan shoirlarning hechbiri bu bobda unga tenglasholmagandir.
«Farhod va Shirin» jahon adabiyotining o‘lmas mavzularidan bo‘lgan muhabbat va hayot haqida kuylaydi. Muhabbat, hayot va o‘lim mavzui, inson va zamon mavzui, kishi shaxsi va jamiyat mavzui doimo buyuk san’atkorlarning diqqat ‘markazida, badiiy ideyalarning markazida turib kelgandir.
Buyuk Alisher o‘zining o‘lmas dostonida ikki dunyoni yaratgandir. Bu — yomonlik va yaxshilik dunyosi, zulm va adolat dunyosi, jafo va vafo dunyosidir. Bu ikki dunyo bir jihatdan Farhod, Shirin, Shopur va Mahin Bonu obrazida, ikkinchi jihatdan Xisrav, uning o‘g‘li Shiruya va makkor va hiylakor sheriklari obrazida berilgandir.
Navoiyning dostonini o‘qir ekanmiz, Farhod bizning ko‘z o‘ngimizda eng avvalo ulug‘ bir inson va ulug‘ bir ijodkor mehnatkash tariqasida gavdalanadi:

Ko‘ngul aylab sen ul shohlik bila keng,
Mening oldimda ul tuproq bilan teng.

degan so‘zlar bizning ko‘z oldimizga shahzodani emas, haqiqiy bir odamni keltiradilar. Farhod kishilikning eng oddiy a’zolari qatoriga turadi va o‘zi bilan teng bo‘lgai odamga, hur va erkin fikrli, to‘g‘ri insofli va vafodor odamga, u qaysi eldan, qaysi urug‘ va qaysi millatdan bo‘lmasin, bir umrlik muhabbat bog‘laydi. Ular bilan do‘st bo‘ladi, ularning taqdiriga o‘z taqdirini yo‘ldosh qiladi. Ular uchun o‘ladi va tiriladi. Ular qayg‘usini o‘z shaxsiy qayg‘usi, ularning boshiga kelgan ofatni o‘z boshiga yog‘ilgan balo tariqasida qabul qiladi.
Odamning mukammal obrazi bo‘lgan Farhod shuning uchun doimo harqanday kulfat va g‘urbat ichida ham, harqanday balo va ofat ichida ham o‘ziga yo‘ldosh topadi. Odam odamni topadi. Haqiqiy inson bo‘lgan kishilar, o‘z safdoshlari uchun jon berishdan bosh gortmaydilar. Bundan odamlar o‘rtasida zo‘r bir ma’naviy birlik yuzaga keladi. Vafo va sadoqat yuzaga keladi. Fikrlardagi do‘stlik, hamkorlik va taqdirdagi yo‘ldoshlik yuzaga keladi.
Odamga bo‘lgan muhabbat va hurmat, odam hurriyatiga bo‘lgan tuganmas sevgi, odamning erki va osoyishtaligiga bo‘lgan g‘amxo‘rlik Farhod uchun bir umr ajralmas do‘stlarni yuzaga keltiradilar. O’zbek Farhodga eronli Shopur, arman Shirinni va Mahin Bonuni doimiy do‘st va yo‘ldosh qilgan asos shudir!
Navoiy Farhod obrazida mehnatning zo‘r madhiyasini yaratib qoldirgan. Farhodning o‘lmas obrazi uning buyuk mehnatkash ijodkorligida kamol topgandir. Nozik va nafis sezgiga, o‘tkir va ixtirochi fikrga ega bo‘lgan Farhod eng yoshligidan mehnat va bilimga havas qo‘yadi. Inson faoliyatining harbir turi Farhod uchun yaqindir. U har ishgaki ko‘z solsa, o‘sha ishning butun ichki va tashqi, ochiq va maxfiy sirlarini darhol payqab oladi. Hunarning buyuk ustasi bo‘lgan naqqosh, tosh yo‘nar Qorin o‘z hunarini o‘rgatib turib, Farhod qoshida shogird holiga tushib qoladi.

Aningdek qildi xoro yo‘nmagin vird,
Ki yuz Qorin qoshida bo‘ldi shogird.

Farhoddagi fikr qudrati shu qadar zo‘r edi. Rassom Moniy Farhodga rasmkashlikni o‘rgatar ekan, u bularni rassomning o‘zidan ilgari o‘zlashtirib oladi. 

Qayu suratki Mopiy chekti timsol,
Anga Farhod ochdi chehra filhol.

Mohir Farhod o‘ziga solinayotgan qasr bitguncha ham tosh yo‘nar, ham rassom bo‘lib, hunarning eng ibtidosidan eng oliysigacha ko‘tariladi:

Ul uylarki tuganguncha ichu tosh,
Ham o‘ldi xora bur, ham o‘ldi naqqosh.

Farhod butun hunarlarga nisbatan shunday edi.

Bularni qo‘yki har ustodi mohir,
Ki qildi san’atin ul uyda zohir.

Chu har yon mayli hardam zohir o‘ldi,
Ul ishda ustodi mohir o‘ldi.

Chunki Farhod fikr va ijod kishisi, izlash va axtarish kishisi edi. U, odam nimaiki qilgan bo‘lsa faqat fikrlash orqasida qilgan, fikrlash mumkin bo‘lgan yerda hal qilinmagan mushkul ish bo‘lmaydi, deb qarar va izlagan narsalarining tagi-tugiga yetmaguncha tinchlanaolmas edi:

Dedi har ishki qilmish odamizod,
Tafakkur birla bilmish odamizod.

O’lum ichra menga to bo‘ldi madxal,
Topilmas mushkuli men qilmagan hal,

Buning ham bilmag‘uncha asli budin,
Muayyan qilmag‘uncha tor — pudin,

Ne imkonkim qaror o‘lg‘ay ko‘ngulga,
Tasalli oshkor o‘lgay ko‘ngulga.

Shuning uchun ham o‘z zamonining epg ilg‘or fikr kishisi bo‘lgan Navoiy o‘z sevikli qahramonining nazarini o‘sha vaqtda boshidan-oyoq hikmatlar bilan to‘la bir o‘lka sifatida tanilgan Yunonga qaratadi va Farhodning qismatini Yunon o‘lkasining bir hovuch tuprog‘i bo‘lgan faylasuf Suqrot hal qiladi.
Davlat xazinasidagi billur sandiq ichidan chiqqan usti yopiq oynai jahonnamo ustida: «Harkim bu oynani ochib tamosha qilmoqni istasa, Yunonistonga borsin. Suqrot hakim bilan ko‘rishsin», deb yozilgan, shundan so‘ng Farhod Yunonga borishga qaror qiladi. Yunonga borib Suqrotni topishga va uning uchun qorong‘i bo‘lgan tilsimni ochishga ahd qilgan Farhod zo‘r mu’jizalar ko‘rsatadi. Bahodir yurak, o‘tkir ko‘z va zo‘r jismoniy kuchga ega bo‘lgan go‘zal yigit urush qilib ajdahoni o‘ldiradi, jahonni qopqora tutunga bostirgan Ahraman devni yengib halok qiladi. Iskandari Rumiyning tilsimini ochadi va Suqrot tog‘idagn qorong‘i g‘or ichida buyuk faylasufni topadi. Bularni Farhod o‘z umrining so‘ngida shunday yakun qilgan edi:

Biri Yunonga markab surgonimni,
Qilib razm ajdaho o‘ldurgonimni.

Ikkinchi Ahramanga aylabon kiyn,
Jahonni qilganim qon birla rangin.

Uchinchi Iskandari Rumiy tilismin,
Ki ochdim teng qilib yer birla jismin

Bo‘lub to‘rtipchi Suqrotka raqamkash,
Ki g‘ori ichra kirdim ajdahovash.

Ki to olam binosi bo‘ldi bunyod,    
Bu yanglig‘ qilmadi ish odamizod.

Bu kabi mu’jizalar yaratgan Farhod qorong‘i g‘or ichida hakim Suqrotdan o‘z qismat kitobini o‘qiydi. Suqrot esa Farhodning kelajagini aytib bo‘lib uning oldida jon beradi. Farhodning bundan so‘nggi butun hayoti Suqrot aytgan nahrlardan oqadi.
Farhod xalq va insoniyat oldida g‘oyat zo‘r bir odob saqlaydi. U, ilm va ijodda topgan o‘z kamolini ham yana shu odamizod uchun ishlatadi. U Shirin o‘lkasiga borib, zo‘r tog‘ni teshib, qismatning og‘ir yuklari ostida yanchilib turgan ishchilarni ko‘radi, ularning qanchalik zo‘r ishga bel bog‘laganlpklarini, qanchalik mashaqqatlar ichida qolganliklarini anglaydi va joni achiydi, ularga yordam berishga qaror qiladi. Uning o‘ziga qilgan quyidagi xitobida butun borligini insoniyatga bag‘ishlagan kishi ekani juda ravshan bo‘ladi.

Hunarni saqlabon netkumdur oxir,
Olib tuproqqami ketkumdur oxir.

Odamzodni yuksaltirishga bo‘lgan bu imon Farhod to‘g‘risida xalq orasida zo‘r afsona yuzaga keltiradi. U, Armanda ekan eng avvalo borib uning mehnatkashlariga qo‘shiladi. Ularning mushkulini oson qiladi. Xalq orasida zo‘r ovoza ko‘tarilib, bu Mahin Bonu va Shiringacha yetadi. Shirin va Mahin Bonu bunday zo‘r ijodkorni ko‘rishni o‘zlariga bir g‘animat va ne’mat deb tushunadilar. Mahin Bonu Shiringa eng avval zo‘r bir mehnatkash to‘g‘risida xabar beradi va Shirin shunday bir odamni ko‘rishni o‘ziga g‘animat deb biladi:

Birov derlarki paydo bo‘lgan ermish,
Qiyomat oshkoro bo‘lgan ermish.

Ki uch yilda ne ish bitmish sarosar,
O’zi bir kunda qilmishtur barovar.

Mahin Bonu chu bu roz etdi ifsho,
Parivash ayladi mayli tamosho.

Dedi ul yon janibat surgulukdur.
Bu ish gar voki’ ersa ko‘rgulnkdur

G’animatdur uni ko‘rmak kishiga,
Tamosho aylamak qilgan ishiga.

Mahin Bonu bilan Shirin Farhodning mehnatini ko‘rgani keladilar va shunda birinchi martaba Farhod quyoshining o‘ti Shirinning tutashguchi yuragiga tushib uni yondiradi. Ikki yurakda teng barovar otashin sevgi paydo bo‘ladi:

Ko‘rib Shirinni hayrat lol qildi,
Taajjub bir yo‘li behol kildi.

Ko‘rungach ko‘zga mundoq chehri oning,
Ichiga soldi sho‘rish mehri oning.

Mo‘‘jizalar yaratuchi Farhodni ko‘rgan Mahin Bonu va Shirin uning ishiga ofarinlar o‘qib, boshidan javohirlar sochadilar.
Farhod va Shirin o‘rtasidagi alangali ishq juda real insoniy munosabatlar asosida yuzaga keladi. Bu ishq, Farhod va Shirindagi eng oliy xislatlar, kishilikka, inson hurriyatiga muhabbat bilan mahkam bog‘langandir. Farhod bilan Shirin o‘rtasidagi bu ishq  odamning kamol topishiga, uning ma’naviy jihatdan pokiza bo‘lib ko‘tarnlishiga xizmat qiladi.
Shirinni ssvgan Farhod uning jannatdan ham go‘zal vatanini, xalqini, uning tuprog‘ini ham sevadi. Uning xalqining tinch va osoyishta tirikchiligi uchun kurashadi. Uning yurtini bosib kelayotgan dushmanga qarshi chiqadi va ko‘krak kerib, o‘z o‘limini bo‘yniga olib, uni qo‘riqlaydi. Shirin vatani va uning xalqining qiynalgan kunlari, Farhod uchun eng azobli daqiqalar bo‘lib seziladi. Shuning uchun xalq boshiga kelayotgan baloga qarshi eng avval uning o‘zi ko‘krak tutadi va upi qaytarishta harakat qiladi.
Navoiy tasvirida Farhodning shaxsiy taqdiri butun vatan va xalq taqdiri bilan ajralmas bog‘langan, shu xalq osoyishta turmush kechirgan va vatanda tinchlik hukm surgan bir vaqtdagina Farhodning sevgisi va uning xususiy taqdiri omon topar edi. Farhod obrazining eng muhim mohiyatlaridan biri shudir.
Farhod bilan Shirin o‘rtasidagi yuzaga kelgan abadiy do‘stlikning asosi, bu ikki do‘stning taxminan bir fikr va bir ma’naviy saviyada bo‘lishida, insoniy xususiyatlarga teng ega bo‘lishlarida, vafo va sadoqatda teng bo‘lishlarida, jasorat va mardlikda babbarovar bo‘lishlarida, teng otashin qalbga ega bo‘lishlarida, o‘z vatani va xalqini babbarovar yaxshi ko‘rishlaridadir. Agar Shirin Farhoddan ma’nan zarracha kam bo‘lsa edi, ikki o‘rtada hechqanday garmoniya yuzaga kelmas va bunday bir umrbod do‘stlik dostoni ham to‘qilmagan bo‘lar edi.
Farhoddagi eng muhim xislatlar Shiringa ham tamom xosdir. Shirin o‘zini to‘la ma’nodagi inson deb anglaydi. U, eng og‘ir minutlarda Farhodning dardiga malham bo‘lib, qayg‘usini yengillatadi. Agarda Shirindagi mardlik va sadoqat Farhod bilan teng bo‘lmaganda edi, Farhod ham o‘z sevgisida bunchalik baland ko‘tarilmagan bo‘lar edi. Farhod hayotini ma’nan to‘ldirgan Shirindir.
Bu hol Shirinning Farhodga yozgan xatida juda ochiq ko‘rindi. Navoiy dostonining eng go‘zal o‘rinlaridan biri bo‘lgan bu xat Shirinni haqiqiy va pok inson sifatida gavdalantiradi. Shirinning qalbi eng avval Farhodga nisbatan eng nafis va eng nozik bir mehribonlik, jonkuyarlik bilan to‘ladir:

Ne bo‘lgay erdi charxi zulm pesha,
Meni sendin judo qilmay hamisha,

Xiroming chog‘i yo‘ldosh bo‘lsam erdi.
Sukuning vaqti qo‘ldosh bo‘lsam erdi.

Quyosh yanglig‘ bo‘lib kunduz qarinning,
Bo‘lib tun soya yanglig‘ xamnishining,

Tikon kirsa kafinga qiynasidin,
Chiqarsam erdi kirpik igiasidin.

... Ko‘rub xoru xas o‘rningda nihoni,
Sochim birla supursam erdi oni.

Bu satrlar bilan Shirin Farhodga katta tasalli berar, uning yuragiga quvvat kirgizar edi. Farhod to‘g‘risida sevgilining madhiyasidan iborat bo‘lgan bu xatda Shirin uni sabrga, toqatga, chidamli bo‘lishga chaqirardi.

Vale bo‘lmish jahon ahliga ma’lum,
Ki il’kingda qotiq xoro erug‘ mum.

Chekarga dardu anduh jur’ating bor,
Balo tortarg‘a sabru toqating bor.

Agarcha firqatimdin notavonsen,
Vale ham ersenu ham pahlavonsen.

O’z xalqining va vatanining ahvoli to‘g‘risida va uning zolim Xisrav qo‘lida talon-toroj bo‘lib yotganidan so‘zlovchi bu xatda Shirinning qizlik nomusi, undagi iffat, bokiralik, hayo va odob ham yorqin ifoda qilingandir. Ulug‘ inson bo‘lgan Farhodning javob xatida esa eng mukammal bir timsolini topgan.
Shirin Farhodni mukammal bir odam sifatida sevadi, bu odam qarshisida o‘z burchini to‘la anglaydi va ado qiladi. U, Xisravdan kelgan elchiga bergan javobida deydi:

Menga ne yoru ne oshiq havasdur,
Agar men odam o‘lsam ushbu basdur.

Go‘zal Shirinnppg tili bilan o‘zbek xalqining ulug‘ shoiri Navoiy bu satrlarda asrlar va zamonlarning shiorini bitib qoldnrgandir. Shirinning bu so‘zidan biz uning butup ma’naviy hayotnpi anglaymiz, u shu so‘zlar bilan o‘ziga zo‘r bir salobat tug‘diradi va uni jahon adabiyotidagi eng go‘zal va eng mukammal ishlangan obrazlar qatoriga qo‘yadi. Shirin va Farhod kishilikning eng yaxshi ijodchilari tomonidan yaratilib qoldirilgan eng katta obrazlarni eslatib turadilar.
Farhod va Shirinning obrazi hechqachon ko‘ngillardan chiqmagani kabi, bu ikki buyuk odam yaratgan do‘stlikning ham oti o‘chmaydi. Bu Shopur, Mahin Bonu va Bahromdir. Bu payt Navoiy dostonining eng xalqchil yerlaridan biridir.
Do‘stlik xalqlar va odamlar o‘rtasidagi eng tabiiy bir hol. Chin odamlar doimo bir-birlarini o‘zlariga do‘st va yo‘ldosh ko‘ra kelganlar. Fikr va ruhdagi birlik, niyat va amaldagi birgalik, ish va hayotdagi birgalik kishilar o‘rtasida do‘stlik urug‘ini socha kelgan. Xalqlar va kishilar o‘rtasini eksploatator sinflargina buzadilar. Xususiy mulk va molu dunyo talashi bilan eksploatator sinflar xalqlar o‘rtasiga nizo’ va ajralish soladilar. Do‘stlik va inoqlik sifati, hamkorlik sifati keng xalq ommalarining eng zo‘r xususiyatidir.
Navoiy xalq farzandlaridagi ana shu chin xususiyatni o‘zining dohiyona ko‘zlari bilan ko‘ra bilgan, xalqlar o‘rtasida do‘stlikni yuzaga keltiradigan asoslarni va dushmanlik soladigan elementlarnn ko‘rsata bilgandir.
Shopur Farhodning bir umrlik chin do‘stidir. Shopur faqat Farhodning emas va balki Shirinning ham bir umrlik chin do‘stidir, o‘zbek Farhod, arman Shirin va eronli Shopur urtasida yuzaga kelean do‘stlik o‘lim yostig‘igacha o‘zgarmas va aynimas do‘stlikdir. Bu do‘stlik boshlarga balo va musibat kelgan kunlarida sinalgan, kurash va mashaqqat kunlarida zohir bo‘lgan vafo va sadoqat asosida  mustahkamlangan do‘stlikdir. Bunday do‘stlikning asosi zo‘r bo‘ladi. Uni qo‘porib va ag‘darib bo‘lmaydi. Bu haqiqatan shundandir. Arman o‘lkasini chet talovchilar bosib kelgan paytda bu do‘stlik yana ham mahkamlanib ochiq ko‘rinadi. Xalqqa bo‘lgan muhabbat, vatanga bo‘lgan muhabbat, kishilarning o‘zlariga va o‘z ideyalariga bo‘lgan sadoqat, ularni bir-birlariga yana hpm qattiqroq bog‘laydi. Vatan dushmanlariga, xalq dushmanlariga bo‘lgan g‘azab va nafrat, vatan tuprogini asrash uchun bo‘lgan himmat va ont, ularni yana ham birlashtiradi. Tabiiykim bunday zo‘r sinovlardan o‘tgan do‘stlik bir umrlik ajralmas va buzilmas bo‘lib mahkamlanadi. Do‘stlar bir-birlarining ishlarini tugallaydilar. Biri boshlab ketgan ishni biri oxiriga yetkazadi, biri yaratolmaganni biri barpo qiladi. Biri tiklolmaganni biri o‘rnatadi. Farhod, Shirin, Shopur va Bahrom o‘rtasidagi do‘stlik shundaydir.
Bahrom Farhodning qabrini quchoqlab yig‘lar ekan Navoiy uning tili bilan bu do‘stlikning chin marsiyasini aytgandir:

Ko‘zim chiqsun seni ko‘rguncha mundoq,
Kesilsin til seni so‘rguncha mundoq,

Nelar kelmish boshingga g‘urbat ichra,
Ne g‘urbatlar chekibsen shiddat ichra.

Ko‘zing ochib ko‘targil boshing oxir!
Ki kelmish bir hazin tso‘ldoshing oxir!

Tepib gardung‘a un seskanmaging yo‘q,
Tushub olamga o‘t tebranmaging yo‘q.

Ko‘z ochmassan, debon, kelgan qulumdur,
Masal chin bo‘ldikim uyqu o‘limdur.
Bu ishiiig toqati mendin yiroqdur,
Muni ko‘rguncha o‘lsam yaxshiroqdur.

O’zbek, arman va eron xalqlarining farzandlari o‘rtasida yuzaga kelgan do‘stlikni yuksak obrazlarda kuylash bilan bizning ulug Alisherimiz kishilikning eng progressiv ideyalari darajasiga ko‘tarilgan, buyuk gumanist sifatida xalqlar birodarligi va internatsionalizm kuychisi bo‘lib qolgandir.
Xisrav, makkor kampir va Shiruya orqali Navoiy odamlarning ikkinchi guruhini, yomonlik dunyosini ko‘rsatgan.
Xisrav — zolim, inson hurriyatining rahmsiz qotili va o‘z ayshu ishratlari uchun qonlar to‘kishga, yurtlarni vayron qilishga, xalqlarning uyini barbod berishga tayyor turgan bir shoh. Navoiy Xisravda odamgarchilikni ko‘rmaydi. Lekin Xisravning o‘z kishilari, o‘z do‘stlari bor. Ammo bu do‘stlar kim? Bu do‘stlarning biri makkor kampirdir.
Makkor kampir Xisravning eng yaqin kyshisi, do‘sti, lekin u inson emas. Unda birorta bo‘lsin chin kishilik xislati yo‘q. U o‘z umrida bir so‘z bo‘lsin rost tapirmagan. Butun hayoti hiyla, makr va nayrang asosiga qurilgan. U sihrgarlikni boshlasa toshlarni mum qilib yuboradi. Makr asosida qiz bilan otani, ona bilan o‘g‘ilni eru xotin qiloladi. Hiyla va zulm bilan kishilarning xonu monini kuydiradi. Uning hayot bo‘lishidan kishilikka zarardan boshqa hechnarsa kelmaydi. Po‘lat tog‘ bo‘lgan Farhodni u bir damda fusun va sihr bilan barbod qiladi. Xisravning do‘sti bo‘lgan bu odam qotil, Farhodni o‘ldiruchidir. Navoiy uni shunday tasvirlaydi:

Xututi makrdin yuzida yuz chin,
Tiliga o‘tmayin umrida so‘z chin.

Chu soz aylab fusupiy hiylayi shum,
Qo‘lida xora yumshab o‘ylakim mum.

Berib so‘rgach fusunliq mojaroni,
Otaga qizni, o‘g‘ilga ononi.

... Qachon nosozlig‘ aylab iroda.
Buzub bir so‘z bila yuz xonvoda

... Urarga zulm tig‘in tez hush ul.
Demaykim tez hush, Farhodkush ul.

... Ki gar Farhod bo‘lsun ko‘hi fo‘lod,
Berar afsun bila bir damda barbod.

Xisravning butun hayot qoidasi aia shu makr va hiyla asosiga qurilgan, u shunga majbur, u faqat shu asosda yashay oladi. Navoiy juda xarakterli chiziqlarda tasvir etgan bu kampir, Xisravning qilichi, u Xisrav dushmanlarining boshini kesadi, yostig‘ini quritadi, Xisrav makr va hiylani, makr va hiyla kishilari Xisravni yaratadi. Bu bo‘lmasa Xisrav aslo yasholmaydi va hukmron ham bo‘lolmaydi.
Xisravning ikkinchi do‘sti uning o‘z o‘g‘li Shiruyadir. Buning odam bo‘lib qilgan engzo‘r ishi o‘z otasini o‘ldirmoqdir. Makkor kampir Farhodni o‘ldiradi, Shiruya o‘z otasi Xisravni o‘ldiradi. Xisravning o‘zi bo‘lsa shaxsan shu ishlarning boshida turadi. Shoh Xisravlar dunyosi shudir.
Xisravning obrazini yaratishda Navoiy real borlikka suyangan va bu dunyoning mohiyatini dohiyona ochib tashlagandir. Ularning ichki ma’nosini, qadri va qimmatini to‘la izchillik va ziyraklik bilan fosh qilgandir.
Farhod, Shirin kabn mazmundor odamlar qarshisida Navoiy Xisravlarning ma’nan puch va o‘lik hayotini tasvir qiladi. Farhod ishqni kishi yuksakligiking muhim bir xislati tariqasida tushunadi. Zohirda Shiringa oshiq bo‘lib ko‘ringan Xisrav esa haqiqatda, ikki oyoqli bir mahluq tariqasida gavdalanadi. Farhod va Xisrav ikkovi o‘rtasida o‘tgan mashhur tortishuvda Farhod qancha baland ko‘tarilsa, Xisrav shuncha tubanga tushadi, ma’naviy dunyosi toru mor kelib, yalang‘ochlanadi va ko‘z o‘ngimizda shoh kiyimini kiyib taxtga chiqqan ikki oyoqli maxluq suratlanadi. Farhod shohlar ahlining chin sevgi hislaridan mahrum ekanliklarini, odamgarchilikda, sevgida shoh bilan faqir, xo‘ja bilan gadoning teng ekanini aytadi.  Bu olijanob fikrlar yashin chaqqan kabi Xisravning ichki dunyosini titratadilar. U qaqshab qoladi:

Dedi: Qaydin sen e majnuni gumroh,
Dedi: Majnun vatandin qayda ogoh.

Dedi: Nedur senga olamda pesha,
Dedi: Ishq ichra majnunlik hamisha.

Dedikim, ishq o‘tidin de fasona,
Dedi: Kuymay kishi topmas nishona.

Dedikim, kuymakingni ayla ma’lum,
Dedi: Andin erur shoh ahli mahrum.

Dedi: Qay chog‘din o‘lding ishq aro mast,
Dedi: Ruh ermas erdi tanga payvast.

Dedikim, dilbaringning de sifotin,
Dedi: Til g‘ayratidin tutmam otin.

Dedi: Kim ishqiga ko‘nglung o‘rindir,
Dedi: Ko‘nglumda jondek yoshrindur.

Dedi: Vasliga borsen orzumand
Dedi: Bor men xayoli birla xursand.

Dedi: Ko‘ksungni gar chok etsa bebok,
Dedi: Ko‘nglum tutay ham ayla deb chok.

Dedi: Bu ishq tarki ixshiroqdur,
Dedi: Bu sheva oshiqdin yiroqdur.

Dedikim, shahga bo‘lma shirkat andish,
Dedi: Ishq ichra tengdur shohu darvish.

Dedi: Kishvar beray, kech bu havasdin.
Dedi: Bechora; kech bu multamasdin.

Nechakim bo‘ldi mushkul so‘z xitobi,
Basi oson anga yetdi javobi.

Xisrav savollariga bergan harbir o‘tkir javobi bblan Farhod uni yer bilan teng qiladi. Uning muhokamalaridagi puchlikni ochib tashlaydi, va buyuk Farhod qarshisida uvoq va mayda bo‘lib qolgan shoh, zulmga qo‘l uzatadi. Farhodni dorga osishga va undan so‘ng zo‘r o‘t yoqib kuydirishga buyuradi:

Siyosat qilguliqdur bu fidoi,
Ki harbir tog‘ ila vodi gadoi.

Yana ko‘rguzmagay bu xavfu dahshat,
Salotin xizmatida so‘zga jur’at.

G’azab birla buyurdi shohi g‘addor,
Ki urdilar hisor olida bir dor.

Navoiy Xisravni, odamzod gulistoniga tushgan bir hasharot sifatida anglaydi va shunday tasvir qiladi. Xisrav shuncha zolimki, uning dastidan Farhod o‘ladi, Mahin Bonu o‘ladi, Arman o‘lkasi xarob bo‘ladi. Navoiy tasvirida Xisrav odamzodning ofatidir. Navoiyning o‘lmas dostonini o‘qir ekanmiz, Xisrav obrazi bizga kishilikning eng ashaddiy dushmanlarini, odamzodning eng yaxshi farzandlarini yo‘qotish, ijodiy fikrlarining eng ulkan namunalarini o‘tga yoqish, tinch va osoyishta turmush kechiruchi xalqlarning vatanini to‘pga tutish, bombardimonlar qilish bilan o‘z hokimiyatpnch mustahkamlashni istovchi qonxo‘rlarni eslatadi. Farhod o‘z sevgilisining yurtini obod qiluchi, uning tinchligi va osoyishtaligini saqlovchi, Xisrav esa o‘z «sevgaiining» yurtiga g‘orat beruchi, va barbod qiluchisidir. Farhod o‘z ishqi yo‘lida xalqning tinchligini buzuchi, o‘lkalar va yurtlarni xarob qiluchi shohdan juda qattiq kuladi:

Jafo maydoniga hardam surub ot,
Kishi andin nechuk qilgay muhobot.

Erur bu turfaroqkim tortibon tig‘,
Qorartib yerni xayling uylakim mig‘

Qilib el mulka ichra qatlu toroj,
Olay deb mulk elidin taxt ila toj,

Birovnikim berib mulkiii barbod,
Qilursen nozanip ko‘nglini noshod.

Shikastig‘a stam yoyin qurarsei,
Eshitdim ishq lofin ham urarsei.

Bu bo‘lg‘ay ishqu, dard ohini vah-vah,
Vafou mihr sharti olloh-olloh.

Kishi ishqida zor o‘lmoq bu bo‘lg‘ay,
G’amidin beqaror o‘lmoq bu bo‘lg‘ay.

Farhod Xisrav ishqida ma’no bo‘lmaganidai, vafo, mehr va sadoqat bo‘lmaganidan qattnq kuladi. Istihzo qiladi. Farhodning Xisrav ishqiga qarashi chuqur nafrat va kinoya bilan to‘lgan.
Farhod teng va barovar ishq tarafdori. Uning tushunchasicha bunday sevgi xalqqagina xos. Xisrav buni anglashdan butunlay ojiz. U bunday haqiqiy ishqning borligini yolg‘iz xalqdan eshitibgina bilgan. Ishq so‘zini xalqdan eshitib bilgan Xisrav chin sevguchi yurakka ega bo‘lgan Farhodga raqib bo‘lib, Shiringa, uni hatto ko‘rmasdan turib oshiq bo‘ladi:

Eshitib xalqdin ishqi so‘zini,
Anga shohi raqib etgay o‘zini.

Birovga ko‘rmay o‘zin oshiq etkay,
Bu oshiqliqda o‘zin sodiq etkay.

Farhod boshdan-oyoq Xisravning ma’naviy hayotidan, unda chin insoniy xislatlarning yo‘qligidan kuladi. Teng sevgiga loyiq bo‘lmagan shoh Xisrav o‘ziga sevgili bo‘lajak go‘zalning vataniga qo‘shin tortib keladi. Odamlarini o‘ldirib, o‘lkasini vayron etadi. Farhod undan qattiq zaharxanda qiladi:

Aning mulkiga solg‘ay qatlu toroj
Badandin bosh tushurgay, boshdin toj,

... Adolat ushbu bo‘lg‘ay lavhash olloh,
Shujoat buncha bo‘lg‘ay bsrakalloh.

Shirin ham butun vujudi bilan Xisravni yomon ko‘radi, uni zolim, qonxo‘r deb ataydi. Navoiy Shirinning Farhodga yozgan xatini keltirib yozadi:

Bo‘lub ko‘b zikr maktub ichra Parvez,
Ani deb gohi zolim, gohi xunrez,

Yetib Armanni vayron qilg‘anini,
Ulusqa g‘orati jon qilg‘anini...

... Agar oshiq budur ma’dum xushroq,
Visol iqbolidin mahrum xushroq.

Haq andii asrasunkim bo‘yla oshiq,
O’zin ko‘rgay murod avjida foiq.

Shirin Xisravga xotin bo‘lishni, uning shoh degan zo‘r ovozasiga qaramasdan, o‘ziga chidab bo‘lmas katta bir xo‘rlik deb tushunadi. Uning bilan tiz cho‘kib ko‘rishmoqdan ko‘ra o‘lmakni o‘ziga sharaf deb biladi... Shirinning qahramon obrazini Navoiy bizga uni qo‘rg‘onda Xisrav qamAlidan o‘zini kurashib asrash to‘g‘risidagi oNti bilan yana mukammallab beradi:

Mening jismimda to jondin ramaqdur,
Ishim qo‘rg‘onda o‘zni asramoqdur.

Farhod va Shirin kurashchan kishilarning obrazidir. Ular eng muqaddas va eng olijanob xislatlarni o‘zlarida tashiydilar. Ular to o‘lguncha o‘z ideyalari uchun dushman — Xisravga qarshi kurashadilar.
Ammo Farhod bilan Shirin yashagan jamiyatda Xisravlar hokimlik qiladilar. Shuning uchun umr bo‘yi baxt axtargan Farhod doim baxtsizlikka tushadi. Erk izlagan Shirin o‘limga yo‘liqadi. Xisravning qo‘li ostida yaxshilik va adolat o‘ldirilib, yomonlik — badkorlik tantana quradi. Ikki pok va bokira qalbning boshi zamonning qattiq toshlariga uriladi va parcha-parcha bo‘lib sinadi.
Farhod va Shirin nihoyat o‘zlarini o‘rab olgan muhitga, zamonaga, uning tuzumiga va uning rasm va odatlariga qarshi isyon ko‘taradilar, dod deydilar. Zulm va adolatsizlikni qarg‘ab ko‘zyoshi to‘kadilar. Farhod o‘zining butun hayot yo‘liga yakun yasaydi: «qancha yaxshi ish qilgan bo‘lsam shuncha zulm va yomonlik ko‘rdim, mening o‘tkir tosh yo‘nar tesham qancha tosh ushatgan bo‘lsa, falak uning hammasini yig‘ib, mening o‘z boshimga otdi, qancha buyuk tog‘lar yaratgan bo‘lsam, o‘zim qazo hukmi bilan hammasining ostida qoldim, men g‘am tog‘i bo‘lib qoldim va balki qayg‘u tog‘i ostida yo‘q bo‘lib ketdim», deydi.

Degil har toshkim tesham ushatdi,
Yig‘ib gardun mening boshimg‘a otdi

Qachon yog‘dursa gardun yuz tuman tot
Bular ostida netkay bir siniq bosh.

Falakvash toglarkim yerga soldim,
Qazodin barchaning ostida qoldim.

Menga bo‘ldi falak qatl aylagan chog‘,
Uzolg‘on turbatimning toshi bir tog‘. 

Ul avlokim degaymen ko‘hi g‘ammen.
Ki ko‘hi g‘amning ostida adammen.

Shirin, ko‘ksimni yuz pora qilgan bilan dunyoning zulmiga qanday chora qilaolar edim dsb yig‘laydi:

Kishi gar ko‘ksuni yuz pora qilsun,
Falak bedodiga ne chora qilsum.

Farhod zolim dunyoga qarab: «zulmning so‘nggi bormi? Mening boshimga qanday qora kunlar keltirding?» degan xitob bilan zo‘r qarg‘ishlaydi:

Ki e zolim siehri kina parvard,
Chiqarding ushbu xoki jismdin gard.

Tariqi zulm ila kin muncha bo‘lg‘ay!
Jafo qilmoqqa oyin muncha bo‘lg‘ay.

Ajal tig‘in chekib sursang ne bo‘ldi,
Meni bir qatla o‘ltursang ne bo‘ldi.

G’aribi xastayu mahzun emanmu,
Balo vodisida Majnun emanmu.

.... Qayon bordi sening ozarming oxir,
Qora tuproqqa chehri garming oxir.

Necha jonimg‘a mundoq kecha bo‘lg‘ay,
Kecha jonimga mundoq necha bo‘lgay.

Boshimg‘a ko‘rki ne tun kelturibsen,
Demay tun ne qaro kun kelturibsan.

Farhod va Shirinning halok bo‘lishidan bag‘ri qon bo‘lib ketgan buyuk Alisher yaxshilarning o‘limidan yomonlarning rohatlanishi haqida o‘sha zamon uchun juda ham xarakterli bo‘lgan chuqur hikmatlar aytadi: «Kishining gavhari qancha toza bo‘lsa, uning zulmidan shuncha qayg‘uli bo‘ladi. gavharning eng asili yoqutdir, biroq zamon uning bag‘rini ham teshib qon qiladi, quyoshdan borliq nur oladi, ammo kecha uni ham tuproqqa ko‘madi, piyolalarga to‘lgan qon — sharob bitta fosiqning bir damlik xushvaqtligi uchundir; yuzlab pokiza gavharlarni tuproqqa tashlamoqdan bitta bangi quvonadi; ko‘karib turgan daraxtni sindirib yoqishdan o‘tparastninggina ko‘ngli tinadi, Farhod qonini ayamay to‘kishdan Xisravpsha bazm quradi». Yolg‘iz aforizmlardangina iborat bo‘lgan bu so‘zlarning bayti shudir:

Kishining necha ko‘proq gavhari pok.
Aning bedodidin ko‘proq alamnok.

Chu asli pok gavhar keldi yoqut,
Teshib bag‘rini qon aylar anga qut.

Quyoshkim koinot andin olur nur,
Qilur xar tun qaro tuproqqa mastur

Basi sog‘arning andin qoni to‘lg‘ay,
Ki birdam fosiqi xushhol bo‘lg‘ay.

Yetib yuz javhari pokizani xok,
Ki andin bangini bo‘lg‘ay farahnok.

Berib bir naxlg‘a hardam shikasti,    
Ki tingay tobdin otashparasti.

To‘kib Farhod qonin bemadoro.
Ki Xisrav maydin o‘lg‘ay majlis oro.

Farhod va Shirin dostoni Navoiy aytgan bu fikrlarni bizga juda go‘zal badiiy obrazlarda isbot qilib beradi. Ikki sevguchi yurakning o‘lmas obrazi bizning qalbimizda joy olib, doim ko‘z o‘ngimizda jilvalanadi va biz undan hechbir ajralaolmaymiz va ularga nisbatan chuqur bir hurmat saqlaymiz, ularning eng go‘zal xislatlari bizda havas va uyg‘onish tug‘diradi, biz shuning bilan faxrlanamiz.
Sevguchi Farhod va Shirinlar haqidagi go‘zal hikoya asrlar bo‘yn yashab kelmoqda. Chunki uni xalq yaratgan, unga o‘zining go‘zal va boy xayolini kirgizgan, shuning uchun xalq uni sira unutmaydi. Bu go‘zal hikoyaning mohiyatida sevgi fojiasining tarixi bilan bir qatorda juda chuqur insoniy fikrlar va tuyg‘ular yotadi.
Farhod bilan Shirin. obraziga sevgi hurligi, inson shaxsining hurligi ideyasi, gumanizm va xalqlar birodarligi ideyasi, vatanparvarlik va vatanni mudofaa qilish ideyasi, sadoqat va adolat ideyasi, vafo va botirlik ideyasi, mehnat va ijodkorlikka muhabbat idsyasi singdirilgan. Farhod bilan Shirin taqdiri — Navoiyga yaqin va asrdosh bo‘lgan xalqlar taqdiri, uning eng yaxshi va eng komil kishilarining taqdiridir. Bu — mulk va adolatsizlik hukm surgan jamiyatdagi xalqning eng yaxshi o‘g‘il va qizlarining taqdiridir. Bu—kishilarning baxti ularning jamiyatdagi mulkdorlik vaziyatlari bilan belgilanadigan odamlarning taqdiridir. Bu — qayg‘u va shodlikning madhiya va marsiyasidan, o‘lim va hayot mavzuining yuziga qalqib chiqib, unda birnecha bosh baland ko‘tarilib, kelajakka boqqan botir odamlarning qasida va madhiyasidan iboratdir.
Xalq Farhod bilan Shirin obrazida o‘zining qayg‘uli o‘tmish tarixini ko‘rib kelgan: uning o‘g‘il-qizlari esa undan o‘z ota-bobolarining taqdirini ko‘rib kelgandirlar.
Ulug‘ shoir o‘zining o‘lmas obrazlari bilan kishilarga adolat va shodlik hislarini payvand qilar edi. Ulug‘ shoirning obrazlari ko‘p nasllarga vafo, qahramonlik, inson shaxsining hurriyati va muhabbat hurriyati uchun kurash sezgilariii, vatanga muhabbat sezgilarini payvandlab kelgan. Farhod bilan Shirin o‘rtasidagi otashin ishq kishini yuksaltiradi va kamolga yetkazadi.
Shuning uchup ham o‘zbsk xalqi Farhod va Shirin obrazlarini juda yaxshi ko‘radi va uni hamavaqt yodida tutadi. O’rta Osiyoda Navoiyning Farhod va Shirin haqidagi go‘zal hikoyasi borib yetmagan joy yo‘qdir. Shuning ta’siri bilan Xo‘jand va Boysun atroflaridagi «Farhod tog‘i» degan tog‘ va «Shirin soyi» deb atalgan soy yuzaga kelgan. Mashhur o‘zbek xalq shoiri Fozil Yo‘ldosh Navoiyning «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun» degan asarlari ta’siri bilan «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun» degan dostonlar yaratgan. Navoiyning dostonlari bilan Fozil shoir yaratgan dostonlar orasida umumiy syujet va ideyaning bir bo‘lishiga qaramasdan bir ajoyib farq bor: Navoiyning har ikkala dostonida ham qahramonlar halok bo‘ladilar. Fozil shoir dostonlarida bularning hammasi tirik qoladi va murod maqsadga yetadi. Bundan xalq dostonlarigagina xos bo‘lgan, Gorkiy aytgan, chuqur optimizm — umidlilik juda ochiq ko‘rinadi. Farhod bilan Shirin haqida juda ko‘p xalq afsonalari va ertaklari bor. Boysun atrofidan yozilib olingan bir hikoyada Farhod qo‘y boquchi cho‘pon qilib tasvirlanadi. Bular Farhod bilan Shirin obraziga xalq munosabatining qancha zo‘r ekanini ko‘rsatadigan dalillardir.
Chinakam xalq obrazi bo‘lgan, asrlar va zamonlarning muhabbatini qozongan Farhod odamzodning kelajak nasllariga zo‘r vasiyat qoldirgan. Farhod bilan Shirin hali inson erkin bo‘lmagan jamiyatda kishi boshiga tushishi mumkin bo‘lgan musnbatlariing hammasini tortdilar. Farhod bilan Shirin ko‘rmagan zulm, Farhod bilan Shirin chekmagan alam qolmadi. 
«Farhod va Shirin»ni qalamga olar ekan, Navoiy qandaydir bir yangilik axtarar, birnecha so‘z bo‘lsa ham kishilar aytmagan narsalarni aytishga urinar edi. U, el yurib o‘tib ketgan yo‘ldan chopib yurmoq, kishilar aytib ulgurganni boshqatdan takrorlamoq ijodchining ishi emas deb qaraydi.
Navoiy ijodkorning yangilik yaratmog‘i zarur ekanini qayta-qayta aytadi. Hayot bo‘stonining sahnida chaman va gul ko‘p ekanini va faqat uni mehnat qilib axtarib topish zarurligini so‘zladi.

Ani nazm etki tarhing toza bo‘lg‘ay,
Ulusqa mayl beandoza bo‘lgay.

Yo‘q ersa nazm qilgappn xaloyiq,
Muqarrar aylamak sepdin na loyiq.

Xush ermas el so‘ngicha raxsh surmoq,
Yo‘li kim el yugurmishdur yugurmoq.

Birovkim bir chamanda soyir erdi,
Nechakim gul ochilgan ko‘rdi terdi.

Ham ul yerda emas gul istamak xo‘b,
Bu bo‘ston sahnida gul ko‘p, chaman ko‘p.

Chu bu so‘zlarki fikr etti zamirim,
Ko‘rindi borcha ma’ni dilnazirim.

Qilib ko‘nglumni bu andesha shaydo,
Tavorix ayladim har soi paydo.

Nazar aylab barin avvaldin oxir,
Bo‘lub boshdin ayoq olimda zohir,

Topildi ancha so‘zkim komim erdi,
Quyuldi ancha maykim jomim erdi.

Bu durlar chunki manzum o‘lg‘usidur,
Quloq, solg‘ang‘a ma’lum o‘lg‘usidur.

Buyuk ijod dohisi bo‘lgan Alisher Navoiy o‘z dostonini badiiy taraqqiyot tarixida yangi bir qadam sifatida yaratishga niyatlangan va o‘z niyatiga mukammal ravishda yetgandir.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.