Mussoliniga tegishli oilada yana hazilakam bo‘lmagan g‘avg‘olar boshlanib ketdi. Diktatorning 69 yoshli nevarasi Kvido bobosi mayitining qayta tekshiruvdan o‘tkazilishini qat'iyan talab etishda davom etmoqda.
Aslida Rimdagi sutni qayta ishlash zavodining oddiy ishchisi bo‘lib ishlaydigan Kvido Mussolinining bu talabini faqat Benito Mussolini o‘z mahbubasi Klara Petachchi bilan so‘nggi kunlarini o‘tkazib, 1945 yilning 26 aprelida halok bo‘lgan Komo shaharchasi sudi ko‘rib chiqishi lozim.
Kvido bobosining o‘limi sabablarini aniq bilishni istaydi. Murdaning eksgumaratsiya qilinishiga uning singlisi ,sobiq model, shuningdek siyosat sohasida ham o‘z o‘rniga ega bo‘lib kelgan Aleksandra tish-tirnog‘i bilan qarshi chiqmoqda."Bobomning hokini o‘z holiga qo‘yinglar!» deb talab etmoqda Mussolini xonim. Aleksandraning ta'kidlashicha, diktatorning xotini esa eri vafot etganda uning tobutiga murdani hech kim bezovta qilmasligini talab etuvchi xat bilan birga ko‘mdirgan ekan.
Shunga qaramay, Mussolinining o‘limiga doir 19 ta taxmin mavjud va ular hozirgi kunga qadar noaniqligicha qolib kelmoqda. Rasmiy taxminlarga ko‘ra, Mussolinini polkovnik Valerio nomi bilan tanilgan Valter Audizio qatl etgan. Ammo tarixchilarning aniqlashicha, bu odam jallodlik faoliyatini faqat 1947 yildangina boshlagan.
Boshqa bir, 1995 yilda Urbano Lazzaro ismli sobiq partizannning bergan ko‘rsatmalari asosida tarqalgan mish-mishga ko‘ra esa ,diktatorning o‘limi sira kutilmaganda yuz bergan ekan.Klara Petachchi qo‘riqchilardan birining qo‘lidagi vintovkani tortib olishga harakat qilganda, kutilmaganda quroldan o‘t chiqib ketgan va partizanlar yerparchin bo‘lib og‘ir yarador ahvolga tushgan diktatorni topishgan va shu zahotiyoq uning maxbubasini ham yer tishlatishgan.Shundan so‘nggina ular murdalarni Milanga keltirishib, oyoqlarini osmondan qilib, shahar maydoniga osib ketishgan.
Boshqa tarixchilar esa Mussolinining o‘limida Uinston Cherchillni ham ayblashgan. Emishki, u urush vaqtida Mussolini Cherchill bilan qanday aloqalarda bo‘lganini oshkor etib qo‘yishidan qo‘rqqan bo‘lishi ham mumkin ekan.