OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Qoyilmaqom qonunlar

 Qonun deganda jamiyat osoyishtaligi va taraqqiyotiga xizmat qiladigan jiddiy hujjatlarni tasavvur qilishga odatlanganmiz. Lekin dunyoning ayrim mamlakatlarida shunday qonunlar ham qabul qilinganki, ularga jiddiylik mezonidan turib baho berish juda qiyin. Eng qizig‘i, bu kabi antiqa qonunlar haligacha amalda... 
    * Buyuk Britaniya parlamenti binosida vafot etish man etiladi. 
    * Frantsiyada cho‘chqa bolasiga Napoleon ismini berish taqiqlanadi.
    * Alabamada mashinani ko‘zi bog‘langan holda boshqarish mumkin emas.
    * Mayamida politsiya binosida skeytbordda uchgan shaxs javobgarlikka tortiladi.
    * Londonda faxriy fuqaro maqomiga ega bo‘lgan shaxs shahar markazidagi ko‘prikdan qo‘ylar otarini boj to‘lamasdan haydab o‘tish huquqiga ega.
    * Salvadorda mashinani mast holda boshqargan haydovchi otuvga hukm qilinishi mumkin.
    * Floridada yakshanba kuni parashyutdan sakragan boshi ochiq ayollar qamoqqa hukm qilinadi.
    * Londonda vabo kasaliga chalingan odam taksi to‘xtatishi man etiladi.
    * Yorkning eski shahar qismida shotlandlarni o‘ldirish mumkin emas. Shotlandiyalik o‘qotar qurol yoki... piyozga ega bo‘lgan hol bundan mustasno.
    * Kolorado shtatida qushlarni o‘ldirish qat’iyan man etiladi. Shuningdek, shtat aholisi uy hayvonlari boqishi ham mumkin emas.
    * Buyuk Britaniya sohillarida o‘lik holda topilgan kitning boshi mamlakat qiroliga tegishli. Ulkan jonivorning dumi esa qirolicha ixtiyorida — kitning suyagi qimmatbaho taqinchoqlar tayyorlashda kerak bo‘lib qolishi mumkin.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.