Boymurod bilan Shoymurod sinfdosh. Cinfdoshgina emac, qarindoshligi ham bor ularning. Shu sabab hamisha bir partada o‘tirishgan. Ustiga-ustak muallimlaridan qop-qop va’da evaziga baho olishgan. Ammo ikkovining fikri doim bir joydan chiqadi: omad va tasodif to‘g‘risida og‘izlaridan bol tomib gapirishadi.
“Bizning ham omadimiz chopib qolar”, deb tugatishadi ular har qanday mavzudagi suhbatini. Haqiqatan ham, o‘zlari aytishganidek, baxtlari chopib maktabni bitirishdi. Hamma qatori “etuklik hujjati”ga ega bo‘lishdi. Endi galdagi baxt uchun yugurish kerak. Ular omad ketidan quvib, aynan bir institut “darvozacini taqillatishdi”.
Imtihonlarga “Baxtimiz chopib qolar”, deb kirishdi. “Omadimiz chopib qolar”, deb savollarga yonma-yon o‘tirib javob yozishdi. Imtihon natijalarini kutish, hatto o‘zaro suhbat payti ham fikrlarida qattiq turishdi: “Omadlimiz! Ertaga akang qarag‘ay ctudent bo‘ladi”.
Test yakuni chiqquncha o‘tgan ikki hafta boshqa paytdagi ikki oydan qiyin bo‘ldi. Nihoyat javoblar natijaci ham chiqdi. Boymurod bilan Shoymurod “O‘ rab!” deya ro‘yxatga termulishdi.
Ular anoyi emasdi, bilimlari qay darajadaligi o‘zlariga ayonligidan nomlarini ro‘yxatning pastidan axtara ketdilar. “Xayriyat!”, deyishdi dastlab o‘zlariga tegishli raqamlar yo‘g‘on chiziqqacha ko‘rinmaganidan.
— Demak, — dedi Boymurod, — pastki ro‘yxatda yo‘qmizmi, u holda shartnoma asosida qabul qilinganmiz.
— Shartnoma bo‘lsa ham o‘qiymiz, — dedi Shoymurod.
— Talabalik muborak, do‘ctim, — dedi Boymurod quchoq ochib.
— O‘zlariga ham qullug‘-ey, — do‘stini dact ko‘tardi Shoymurod.
Sal fursat o‘tib, yana ro‘yxat tomon yuz burishdi.
Ikki chiziq oralig‘ida, ya’ni shartnoma asosida qabul qilinganlar ro‘yxatida ham hujjatlaridagi raqamlar ko‘rinmadi. Ikkovlon yana quchoqlashishdi.
— Demak, byudjet! — dedi Boymurod.
— Grant deyiladi! — deb bilag‘onlik qildi Shoymurod.
Shu holda go‘yo darvozaga to‘p kiritgan futbolchilardek gerdayib chetroqqa chiqishdi. Bir-birini achomlab yaqin atrofdagi ko‘m-ko‘k ajriq uctiga ag‘anashdi. Ag‘anab-ag‘anab grantga qabul qilingani uchun bir-birini tabriklashdi.
— Adolat bor. Omad degani mana bunday bo‘pti, — dedi Boymurod.
— Muallimlarimiz yaxshi bahoni tanish-bilishlariga qo‘yib, bizdan qizg‘anishgandi, — dedi Shoymurod.
— To‘xta-chi, qancha bal olganimizni bilaylik, — dedi Boymurod.
— Byudjetda nechanchi o‘rindamiz. Shuni aniqlaylik. Co‘ng omadimiz chopganini yuvamiz, — dedi Shoymurod.
Ikkisi yana ro‘yxatga yaqin kelishdi. Turtinib-surtinib raqamlarni axtara boshlashdi. Biroq ro‘yxatning birinchi nomerigacha qarashca hamki, o‘zlariga tegishli biror mujda -topisholmadi.
— Bu qanaqasi bo‘ldi? — dedi Boymurod.
— Tekshirish kerak, — dedi Shoymurod.
Tekshirishdi. Mutasaddilar boshqa bir kichik qog‘ozdagi ro‘yxatdan ikkisiga tegishli raqamlarni topib berishdi.
— Bu yonda ekansizlar.
— Bu qanaqa ro‘yxat? — so‘rashdi ular baravariga.
Javob shunday bo‘ldi:
— Bu “supergrant”! Titul varaqasini ham to‘g‘ri to‘ldira olmaganlar ro‘yxati.
Boymurod va Shoymurod bir-biriga qarab qolishdi:
— Omad... o.?!