OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Kotib (1858-1933)

XIX asrning oxiri — XX asrning boshlaridagi Toshkentda ushbu taxallus bilan ikki shoir yashab, ijod etgan. Sizga ikki she’rini tahdim etayotganimiz Pirmuhammad Tursunmuhammad o‘g‘li Sebzor dahasida, Kalkovuz suvi bo‘yidagi mahallalardan birida bo‘zchi oilasida tug‘ilgan. Eski maktabdan so‘ng dastlab «Beklarbegi» madrasasida, keyinroq eSa Buxoroda o‘qigan. O‘sha yoqda «xatmi kutub» qilib kelgan. Qozilik qilgan, muftiy, a’lam bo‘lgan.
75 yoshida Kaduobod (Qorasaroy) mahallasidagi hovlismda vafot etgan. Devon tuzgani ma’lum emas. Usha davr bayozlarida she’rlari uchraydn. Mo‘minjon-Toshqin «Toshkent shoirlari» qo‘lyozmasida u haqda ma’lumot beradi, she’rlaridan namunalar keltiradi.
Ikkinchi «Kotib» taxallusli shaxs — Shoislom Shohmuhammad o‘g‘li (1882—1941) haqidagi ma’lumot A. Murodovning «O‘rta Osiyo xattotlik sak’ati tarixidan» kitobida uchraydi va uning asosan kitobat — kotiblik bilan tnrikchilik o‘tkazgani ma’lum bo‘ladi.
Pirmuhammad Kotib haqidagi ma’lumotlar va uning mazkur she’rlari Mo‘minjon-Toshqinning yuqorida qayd etilgan qo‘lyozmasidan olindi.
Begali Qosimov


YULDUZ ILMI

Kotib ummidi duolar ba’dida
Aytadur ahboblarg‘a arzu hol.

Soli mavludim «naku axtar»* edi,
Bo‘ldi shu’lam yulduz ilmig‘a kamol.

Yolahu-l-hamdu lahush-shukru-s-sano**
Mahsadimg‘a noil etdi zuljalol.

Oftobu Oyu Yer avzoini
Aytadurman, yaxshilab yodingga ol.

Kattalikda har uchavdur bir nasaq
Shunchalik Yer onlara monandi hol.

Yetmish uchdur Shams, yetmish bir Qamar,
Yetmish ikki dong yeri Yerg‘a misol.

Hech biri qilmas birig‘a ehtiyoj,
Har qayu o‘z markazida barkamol.

Oftob o‘lsa ziyo, Oy nur erur,
Qopqora Yer o‘rtaga kirmoq muhol.

Chunki to‘rtinchi samoda Oftob,
Oy uchinchida erur Badru Hilol.

Har kuni ot birla sakkiz tosh yuran
Yuz yili komilda yetsa, ehtimol.

O‘rtada Yer aylamak xayluloti,
Bir abas so‘zdur erur fosid xayol.

Asrlar boshi Hamal Shamsu Qamar
Aylayur bir-birig‘a arzu visol.

So‘ngra har kun qirq ikki-qirq uch minut
Iftiroq aylar ikav har mahu sol.

Oy xasufi ham kasufi Oftob
Har yili jaryon qilur beixtilol.

Yer tadoxul qilmasa, bois nachuk,
Aytaman, tavfiq bersa, haq taol.

Oftobu Oy arosi ikki yil,
Yer uzoq, onlarg‘a yetmish ikki yil.
_________
* Ma’nosi: yaxshilik yulduzi, abjad hisobida 1277 hijriy (1858 melodiy) chiqadi.
** Unga hamd bo‘lsin! Shukru sano bo‘lsin unga!

MUXAMMAS

Necha fursatdirki, ishqing ko‘ngluma topmish qaror,
Yetmayin vaslingga doim yig‘lag‘umdur zor-zor,
Qoshki bo‘lsa muyassar tashrif etsang ixtiyor,
Naqdi umrum aylag‘umdur naxli qaddingg‘a nisor,
Aylanay, jonim tasadduq, qilmag‘aysan hech or.

Qomating ko‘rgach, qayu odam topar o‘zdin xabar:
Hush qolmas iltifot ila agar solsang nazar,
Men kabi oshiqlaringdan qilmag‘il, jono, hazar,
Qayda yetgan domani gulg‘a tikandin bir zarar,
Har qachon gul mo‘‘tabarlikda erur ham xor-xor.

Yodima kelgach xayoling ro‘z bo‘lg‘ay misli kech,
To‘lg‘onib yanchgan ilondek aylag‘ayman tobu pech,
Bo‘lsa imkon vasling istarman, agar kelsa qilich,
Yig‘lamaymu bo‘lmasa vasling muyassar manga hech,
Bizni manzur aylamay, ag‘yorim etsang e’tibor.

Xoli aylab fursati ahvolima qilg‘il nigoh,
Ishq o‘tig‘a mubtalo bo‘lg‘on kishida ne gunoh,
Ey nigoro furqatingdin bo‘ldi ahvolim taboh,
Xun o‘lubdur g‘uncha yanglig‘ bag‘rim ichra tah-batah,
Yetsa vaslingni nasimi topgay erdim intishor.

Ulfatim dardu alam, g‘amdur, erur bag‘rim kabob,
Yig‘lag‘ay oshufta ahvolimg‘a barcha shayxu shob,
Rahm qilmay ne uchunkim muncha aylarsan itob,
Ofati davron ekansan, aylading holim xarob,
Qolmadi hajringda manda emdi taskinu viqor.

Nomi zikringni qilurman zikr o‘rnig‘a siyoq*,
Ham xayolim ichra doim surating ro‘zi firoq,
Bu jahon zebosida yo‘q sandagi qoshu qaboq,
Naylayin, Qotib, yetushdi ustuxonimg‘a pichoq,
Arz qildim yo‘qni yo‘q qilmoq, g‘arazda borni — bor.
__________
* Sanamoq.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.