OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Vodiliy (1893-1965)

Vodiliy (taxallusi; asl ismi So‘fiev Abdurahmon) (1893, Farg‘ona, Vodil qishlog‘i — 1965, Toshkent) — o‘zbek shoiri. Erkin fikrlilikda ayblanib quvg‘in va ta’qiblarda yashagan.

Vodiliyning «Devon»i (1963), farzandlariga yozgan o‘gitlari bor. Abdurahmon Jomiyning tasavvufga oid kitobi, Fariduddin Attorning «Mantiq ut-tayr», Alisher Navoiyning «Lison ut-tayr» dostonlarining qiyosiy, nasriy bayonlari hamda Muhammad Hodiyning «Alvohi intiboh» asarlarining o‘zbekcha tabdili Vodiliy qalamiga mansub.

She’rlarida ozodlik yo‘lida kurashgan erksevar vatandoshlarining fikri, niyatlari aks ettirilgan.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.