Zafar Isomiddin 1958 yilda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. Qo‘qon pedagogika institutining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan. “Hovli to‘la bolalar”, “Bog‘chaga-do‘mboqchaga”, “Istiqlol umidlari” kabi she’riy kitoblari chop etilgan. Ayni paytda Farg‘ona viloyat o‘lkashunoslik muzeyida ilmiy xodim.
HOVLI
Joy yetadi shaftoli,
O‘rik, olma, bodomga.
Tashlab ketdi hovlini
Keyin bobom dadamga.
Hovli – bobom surati –
Tashqi-ichki olami.
Tez kelishi shundadir
Hamma – uchta xolamning.
“Uy quramiz”, deb dadam,
Kesdi terak, olmani.
Uch yil o‘tgach oradan
Toshbodom ham qolmadi.
Shotut meva qilmaydi,
Oyog‘idan shart “so‘ydik”.
Singillarim yig‘laydi,
Xolamlar kelmay qo‘ydi.
Men bo‘lsam ko‘raman tush,
Yolg‘iz qolgan o‘rikni.
Qo‘rqarmish. Boshidamish
Shox-qo‘llari sho‘rlikning.
MAQTANCHOQ
– Bir o‘zim... ro‘paramda
Mudragan sher yotardi.
Dadil borsam yoniga,
Qo‘rqib boshin ko‘tardi.
Mendan kuchli dunyoda
Yo‘q edi, shu nafasda.
...So‘ng birov kelib
Dedi:
– Nariroq tur qafasdan.
AYAM UCHUN RAKETA
– Bitibdi-da, raketa!
Ha, bir so‘zli o‘jarsan.
Endi indin yo erta
Koinotga ucharsan?
– Parvoz qildim – bu maqsad,
Ishon, do‘stim, yurakdan.
Lekin ayam uchun ham
Bir raketa kerak-da.
– Nega?
– O‘zing bilasan
Qanaqa ayam fe’li:
Ko‘chada o‘ynab qolsam,
Qidira boshlar meni.
Kezib kosmos bag‘rini
Qolib ketsam hayallab,
Raketada chaqirib
Keladilar ayamlar...
DORBOZ BOLA
Langarcho‘psiz dorda
Tura oldi.
Iste’dodi bor-da,
Yura oldi.
Ko‘zin boylab yo‘lin
Topa oldi.
Langarcho‘p qib qo‘lin
Chopa oldi.
Muxlislardan gullar,
Kuy-olqish jo‘shdi...
Keyin tekis yo‘lda
Yiqilib tushdi.
TO‘RTKO‘Z
Tong.
Shabnamlar yaltirar,
Shodon hurmay qoldi u.
Cho‘chib ketdi qaltirab,
Qo‘qqis ko‘rmay qoldi u.
Tan quloqqa aylansa...
Yalog‘i huv yonida.
Topadi bir shaylansa,
Ichgani suv yonida.
Yomon ekan qarisa...
O‘yga botar goh-gohda.
G‘amxo‘rliklar barisi
Kundan-kun soxta-soxta.
Issiq tegdi joniga,
Shabadalar yelmaydi.
Uy egasi yoniga
Uch kundirki, kelmaydi.
Shamol, yomg‘ir boshlanib,
Tarnovdan shovulladi.
Yangi joy-da, g‘ashlanib,
Kuchukcha vovulladi.
MUSHUK
Havo sovuq, qor qalin,
Bechora qushlar qani?
Yordam bersam bo‘lardi,
Haliginda ularni
Derazadan ko‘rgandim:
Qor ustida yurgandi.
Eshikka chiqib ko‘rdim:
Mushuk turgankan pisib...
Qushlar bo‘g‘otga qo‘ndi.
Mushuk-chi, dumin qisib
Yurib ketdi nariga,
Och-ozg‘in, ham qarigan.
Qor ustiga – qushlarga
Sepdim don, non ushog‘i.
Mushukka qo‘l mushtladim –
Yoqmay qolsin qush ovi.
Voy, uyaldim... Ahvoli
Ha, qalaysan, degulik.
Oshxonaga yo‘l oldim,
Obchiqaman yegulik.
Zafar Isomiddin 1958 yilda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. Qo‘qon pedagogika institutining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan. “Hovli to‘la bolalar”, “Bog‘chaga-do‘mboqchaga”, “Istiqlol umidlari” kabi she’riy kitoblari chop etilgan. Ayni paytda Farg‘ona viloyat o‘lkashunoslik muzeyida ilmiy xodim.
HOVLI
Joy yetadi shaftoli,
O‘rik, olma, bodomga.
Tashlab ketdi hovlini
Keyin bobom dadamga.
Hovli – bobom surati –
Tashqi-ichki olami.
Tez kelishi shundadir
Hamma – uchta xolamning.
“Uy quramiz”, deb dadam,
Kesdi terak, olmani.
Uch yil o‘tgach oradan
Toshbodom ham qolmadi.
Shotut meva qilmaydi,
Oyog‘idan shart “so‘ydik”.
Singillarim yig‘laydi,
Xolamlar kelmay qo‘ydi.
Men bo‘lsam ko‘raman tush,
Yolg‘iz qolgan o‘rikni.
Qo‘rqarmish. Boshidamish
Shox-qo‘llari sho‘rlikning.
MAQTANChOQ
– Bir o‘zim... ro‘paramda
Mudragan sher yotardi.
Dadil borsam yoniga,
Qo‘rqib boshin ko‘tardi.
Mendan kuchli dunyoda
Yo‘q edi, shu nafasda.
...So‘ng birov kelib
Dedi:
– Nariroq tur qafasdan.
AYaM UChUN RAKYeTA
– Bitibdi-da, raketa!
Ha, bir so‘zli o‘jarsan.
Endi indin yo erta
Koinotga ucharsan?
– Parvoz qildim – bu maqsad,
Ishon, do‘stim, yurakdan.
Lekin ayam uchun ham
Bir raketa kerak-da.
– Nega?
– O‘zing bilasan
Qanaqa ayam fe’li:
Ko‘chada o‘ynab qolsam,
Qidira boshlar meni.
Kezib kosmos bag‘rini
Qolib ketsam hayallab,
Raketada chaqirib
Keladilar ayamlar...
DORBOZ BOLA
Langarcho‘psiz dorda
Tura oldi.
Iste’dodi bor-da,
Yura oldi.
Ko‘zin boylab yo‘lin
Topa oldi.
Langarcho‘p qib qo‘lin
Chopa oldi.
Muxlislardan gullar,
Kuy-olqish jo‘shdi...
Keyin tekis yo‘lda
Yiqilib tushdi.
TO‘RTKO‘Z
Tong.
Shabnamlar yaltirar,
Shodon hurmay qoldi u.
Cho‘chib ketdi qaltirab,
Qo‘qqis ko‘rmay qoldi u.
Tan quloqqa aylansa...
Yalog‘i huv yonida.
Topadi bir shaylansa,
Ichgani suv yonida.
Yomon ekan qarisa...
O‘yga botar goh-gohda.
G‘amxo‘rliklar barisi
Kundan-kun soxta-soxta.
Issiq tegdi joniga,
Shabadalar yelmaydi.
Uy egasi yoniga
Uch kundirki, kelmaydi.
Shamol, yomg‘ir boshlanib,
Tarnovdan shovulladi.
Yangi joy-da, g‘ashlanib,
Kuchukcha vovulladi.
MUShUK
Havo sovuq, qor qalin,
Bechora qushlar qani?
Yordam bersam bo‘lardi,
Haliginda ularni
Derazadan ko‘rgandim:
Qor ustida yurgandi.
Eshikka chiqib ko‘rdim:
Mushuk turgankan pisib...
Qushlar bo‘g‘otga qo‘ndi.
Mushuk-chi, dumin qisib
Yurib ketdi nariga,
Och-ozg‘in, ham qarigan.
Qor ustiga – qushlarga
Sepdim don, non ushog‘i.
Mushukka qo‘l mushtladim –
Yoqmay qolsin qush ovi.
Voy, uyaldim... Ahvoli
Ha, qalaysan, degulik.
Oshxonaga yo‘l oldim,
Obchiqaman yegulik.