OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Aldarko‘sa va boy

Bir kuni Aldarko‘sa yo‘lda ketayotsa, uning oldidan boy chiqib qolibdi. U Aldarko‘saga:
— Hoy Aldarko‘sa, qani meni bir aldab ko‘r-chi, qo‘lingdan kelarmikan? — debdi. Aldarko‘sa qarasa boy juda takabbur ko‘rinadi. Aldarko‘sa «buni qanday qilib aldasam ekan, quruq aldasammikan yoki ho‘l aldasammikan», deb o‘ylanib turibdi-da:
— Boy ota, aldar edimu hozir kayfim yo‘qroq, — debdi.
— Nega kayfing yo‘q? — debdi boy.
— Bir odamdan uch tanga olgan edim, shu ta’bimni xira qildi.
— Mana, senga yeb ketarga uch tanga. Qani, endi aldab qo‘yasanmi? — deb boy unga pul tutqazibdi.
— Rahmat sizga, boy ota, men mana bu pulni haligi nokastaga berib, kelishda aldar xaltamni olib kelaman. Ana undan keyin hangomani ko‘rasiz, — deb Aldarko‘sa jo‘nab ketibdi.
Boy uni yetti xuftongacha kutibdi, kelmabdi. Shundan keyingina aldanganini bilibdi.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.