OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Bulbul

Bog‘bon bog‘da ishlab yurgan ekan. Bir bulbul kelib hadeb sayrayveribdi. Shunda tuzoqni ko‘rmagan bulbul daraxtga uchib kelib qo‘nibdi va tuzoqqa ilinib qolibdi. Buni ko‘rgai bog‘bon, uni olib tushibdi. Qafas topib kelib, bulbulni solib qo‘yibdi.
Bir kuni bulbul tilga kirib, odamga o‘xshab so‘zlabdi:
— Ey, bog‘bon, meni qo‘yib yuborsang, bir gapni aytardim.
Bog‘bon hayron qolibdi. Chunki hech kim bulbulning gapirganini eshitmagan ekan. Bog‘bon bulbulni qo‘yib yuboribdi. Ozod bo‘lgan bulbul bog‘bonga qarab shunday debdi:
— Ey, bog‘bon, o‘sha gulning tagini kovlasang, bir xumcha oltin chiqadi.
Bog‘bon bulbul aytgan gulning tagini kovlabdi. U yerdan bir xumcha oltin chiqibdi. Bulbulning aytgani rost chiqqanini ko‘rib, bog‘bon taajjublanib:
— Ey, bulbul, shuncha yerning tagidagini ko‘rar ekansan-u, ammo ko‘zingni ro‘parasidagi tuzoqni ko‘rmay ilinganingga hayron qolaman, — debdi.
Buni eshitgan bulbul shunday debdi:
— Bu ko‘rchilik, kulfatni tortishim azaldan yozilgan ekan. Bunga donolik kor qilmaydi.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.