1892 yilda dunyoga kelgan Ryunoske oilada kenja farzand edi va ota-onasi uni farzandsiz xolasiga berib yuborishadi.
1910 yilda Tokiodagi o’rta maktabni a’loga bitirgan Ryunoske kollejning adabiyot bo’limiga, so’ngra Tokio universitetining ingliz tili bo’limiga kiradi. Yozuvchining ijodi boshlangan davr 1915 yilga to’g’ri keladi, o’shanda u «Rasemon darvozasi» va «Burun» hikoyalarini yozadi.
1916 yilda Akutagava universitetni tamomlaydi va harbiy-dengiz maktabida ingliz tili muallimi sifatida ish boshlaydi. Shu davrda u Yasukiti ismli o’qituvchi timsolida o’zining hayoti tasvirlangan turkum hikoyalar yozadi.
Akutagava 1927 yilda tushkunlikka berilgan holda o’ta ko’p miqdorda dori ichib o’z joniga qasd qiladi. Uning o’limi adabiyot olamida shov-shuvga sabab bo’ladi. U o’limidan ancha ilgari o’z joniga suiqsd qilish haqida ko’p gapirar va yozar, hamma uning bu so’zlariga ko’nikib qolgandi.
Aytishlaricha, o’limidan ilgari 35 yoshli Akutagava shunday degan ekan: «Tabiat menga juda jozibali tuyulyapti, chunki men dunyoga so’nggi marta qarayapman!».