Nemis adabiyotining ulug‘ namoyandalaridan biri, Nobel mukofoti sohibi Hermann Hesse eng ko‘p mutolaa qilinadigan olmon adiblaridan biridir.
Uning ko‘plab roman, qissa, hikoyalari, she’rlari, siyosiy, adabiy-tanqidiy ruhdagi asarlari chop etilgan. Ular orasida, ayniqsa, «Cho‘l bo‘risi», «Marjonlar o‘yini», «o‘ildiraklar ostida», «Demian» kabi asarlari alohida dovrug‘ qozongan.
Adib, shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda ham ko‘plab asarlar yozgan. Yuqorida tilga olingan «G‘ildiraklar ostida» romani, shuningdek, «Nyurnbergga sayohat» safarnomasi va boshqa ko‘pgina asarlar shular jumlasidandir.