OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Shohmuzaffar Yodgoriy (1940-2009)

1940 yil 1 yanvarda Xatlon viloyatining Xovaling nohiyasi Buzkashak qishlog‘ida tug‘ilgan. Tojikiston davlat universitetini bitirgan. Ko‘lob shahridagi «Rohi Lenin» gazetasida muharrir, yozuvchilar bo‘limi raisi, «Jumhuriyat» gazetasi muharriri vazifasida mehnat qilgan.
«Yak shoxa gul» (1970), «Baxt sohili» (1977), «Dehqon argohida» (1980), «Farzandlar» (1982) kabi kitoblar muallifi. «Vasvasa» va «Talosh» romanlarini yozgan. Sadriddin Ayniy nomidagi adabiy mukofot sohibi. 1974 yildan Tojikiston yozuvchilar Ittifoqi a’zosi. Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan xodim unvoni bilan mukofotlangan. 2009 yilning 23 avgustida vafot etgan.

YO‘L

Bu yo‘l meni
Yuraklarning olamiga eltishin aytsam,
Kulgularim qamaytirsalar,
Bu olamning qayg‘ularini
Ham yo‘lda dovonlar borligin aytsam,
Bu yo‘lda yiqilib-turishlar,
Ming bor o‘lib-tirilishlar borligin aytsam,
Sen ham qetarmisan, bilmam, men bilan?
Yo‘lni o‘tarmisan, bilmam, men bilan?

Yuraqda nihon dard borligin aytsam,
Odamlar tashvishi yorligin aytsam,
Yelkamda borligin zamon taqdiri,
Taqdiri borligin jahon xalqlarin —
Sen ham qetarmisan, bilmam, men bilan?
Yo‘lni o‘tarmisan, bilmam, men bilan?

Xalqqa oshno yashashimni agar aytsam,
Umr bo‘yi
Xalqqa fido yashashimni agar aytsam,
Ki yurt og‘ushidan o‘zga umrliq oshiyon yo‘qdir,
Vatan ishqidan o‘zga men uchun bir quvonch yo‘qdir —
Sen ham qetarmisan, bilmam, men bilan?
Yo‘lni o‘tarmisan, bilmam, men bilan?

Yuraqdan eshitilar sening ovozing,
Menga hamroh emish, magar parvozing,
Sen bilan qetgayman endi sen uchun,
Men bilan yo‘lga chiq sen ham men uchun!

ZAMINDA OSMONNI ZABT ETIB

O‘tli bayt kifoya shoirlar uchun,
Qaragin, oshiqlar gulni a’zozlar.
Yerni shoirlarday sevib, ardoqlar,
Qara, yerga oshiq ekan dehqonlar.
Tuproqni, mehr-la kaftiga olib,
So‘ng sochib yuborar yana don kabi.
Keyin sarxush bo‘lar tuproq hididan
Shoirning qalbiday dehqonning qalbi.
Gullar, maysalarning tilidan go‘yo
U qo‘shiq kuylaydi, mastona qo‘shiq!
Shoirday quvonib, o‘z dunyosidan
Kuylar butdoyzorlar mavjini qo‘shib.
Tuproq tuproq emas dehqon ko‘zida,
Tuproq — bu issiq non, tuproq — bu iqbol,
Dehqon dehqon emas zaminsiz,
Shoir she’rsiz bo‘lmagan misol.
Yerdan boshlanadi uning shuhrati,
Tuproqni sevarkan qdtsriga yetib.
U uchib yashaydi o‘z dunyosida —
Zaminda osmonni zabt etib.

Tilak Jo‘ra tarjimalari

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.