* * *
Erta tongda qarasam,
Tog‘ boshin chalgan tuman.
Bahordan berar darak
Yastangan kengliklaru
Bulutsiz, tiniq osmon.
* * *
Bu o‘tkinchi dunyo
Ul ko‘zguda aks etgan
Sarobning jilvasidir.
Bor, biroq, bor deya aytolmaysan,
Yo‘q, biroq, yo‘q deya aytolmaysan.
* * *
O, bechora yuragim,
Ne kelar qo‘limizdan?
Tog‘ gullari ham, afsus,
Qovjirab, so‘lib qolgan.
Uvillay boshlar bo‘ron.
* * *
Qor qopladi osmonni,
Yo‘lga yaramay qoldi,
Yovvoyi g‘ozlar butkul.
Uchib ketishar yana...qanotida ko‘tarib
Erta ko‘klam yomg‘irin.
Ruschadan Jabbor Eshonqul tarjimasi