OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Simaki Akaxiko

***

Gullayotgan o‘tloqlar aro
O’t - o‘lanli so‘qmoqdan yurib
Keldim olis bug‘doyzorga
Va dedim o‘zimga o‘zim ” Jim - jitlik ! ”
O’rdak g‘aqilladi menga javoban...

***

Yarim kecha
Quyuqlashgan tumanlar aro
Sizar yog‘dular -
Va sirg‘algan oy shu’lasida
G’ira - shira jilvalanar suv...

***

O’rmon sayxonligidagi
Sichqonli o‘tloqlarda
O’ltirdim uzoq
Tog‘li o‘lka bilan xayirlashyapman .
Qayg‘uli va og‘ir bu yurak uchun

***

Xira yorishmoqda tong ,
Iliq ko‘l suvlarin bug‘latib .
Va tumanlar navbat ba navbat
Suzib kelar
Ko‘l ustin qoplab...

***

Chiroq shu’lasiga talpinganicha
Tungi parvonalar aylanar uchib ,
Uyda , men bilan yonma - yon ,
Bolalarim uxlar
Eski - tuskilarga o‘ranib , qotib...

***

Yomg‘ir tindi .
Shundan bo‘lsa kerak ,
Xavo muzdek ,
Guruch qog‘ozining qirg‘oqlarida ,
Yonib tugayotir botish shu’lasi...

***

Tungi ko‘chalar ,
So‘ngan kullar qurumi bosgan
O’choq mo‘risining qirg‘oqlarini
Qirov bilan bezaydi
Izg‘irin ayoz...

***

Uzoqlardan ,
Tun qa’ridan eshitilar
To‘lqinlarning bo‘g‘iq shovqini .
Daraxtlar soyasi cho‘zilib yotgan
Oydinda raqs tushar dexqonlar

***

Yozayapman , yozayapman ,
Qorong‘i tushsada
Xatto chiroqni yoqish uchun ham
O’rnimdan turgim kelmas
Yolg‘iz qarshilayman oqshomni shunday...

***

Dalalarda erib ketdi qor,
Qo‘ng‘ir tuproq yalong‘ochlandi .
Va osilib turar yer uzra
Botayotgan quyosh lappagi
Ko‘rinishi kichik va sovuq...

Xoldor Vulqon tarjimasi.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.