Rus yozuvchisi. Dastlab Kiev universitetining tabiiy-tarix fakulteti (1911—13), keyin Moskva universitetining yuridik fakultetida o‘qigan.
«Romantiklar» ilk romani 1916—23 yillarda yozilgan. 1935 yilda nashr etilgan bu romanda, «Tovlangan bulutlar» (1929) romanida bo‘lganidek, Paustovskiy nasriningo‘ziga xos xususiyaglari — kishilardagi ez-gulik tuyg‘ulariga, mardlik, dustlik, olijanoblik singari fazilatlarga e’tibor sezilib turadi.
«Jazava» (1925), «Mustamlaka mollari uchun yorliqlar» (1928), «Qora dengiz» singari dastlabki hikoya va qissalarida olis yurtlar haqidagi orzu-armon tuyg‘ulari, bu yurtlarga qilingan sayoxat taassurotlari, uchrashish za vidolashuv mavzulari ustuvorlik qiladi.
Romantik ruhdagi «Qorabo‘g‘oz» (1932), «Kolxida» (1934) va «Shimol qissasi» (1938) qissalari hamda ko‘plab hikoyalarida rus tarixiga murojaat etib, kishilardagi yuksak insoniy xislatlarni tasvirlashga alohida e’tibor bergan.
Paustovskiy 30-yillarning 2-yarmidan boshlab san’atkorlar hayoti va ijodiy mehnatiga bag‘ishlangan asarlar («Orest Kiprenskiy», «Isaak Levitan», 1937; «Taras Shevchenko», 1939; «O‘rmonlar qissasi», 1949; «Oltin gul», 1956) yozishga kirishdi. Yozuvchi urushdan keyingi davrda o‘z hayoti voqea va hodisalari bilan to‘yingan «Hayot haqida qissa» epopeyasini yaratdi (1-qism — «Yiroq yillar», 1945; 2-qism —«Sertashvish yoshlik», 1955; 3-qism — «Notanish asrning muqaddimasi», 1957; 4-qism — «Katta umidlar davri», 1959; 5-qism — «Janubga intilish», 1960; 6-qism — «Darbadarlik kitobi», 1963). Paustovskiy bu so‘nggi asarida 20-asrning dolg‘ali yillaridagi Rossiya hayotini badiiy mujassamlantirib bergan.
Paustovskiyning nozik tuyg‘u va kechinmalar bilan yo‘g‘rilgan asarlari o‘zbek adabiyotida lirik nasrning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan. «Yiroq yo‘llar» va «Oltin gul» qissalari hamda bir qancha hikoyalari o‘zbek tiliga tarjima qilingan.